Unga köra, röyxatdan jami 34 ta madaniy meros obekti örin olgan va ularni ta’mirlaş-tiklaş işlari uçun jami 75 mlrd söm sarflanişi rejalaştirilgan. Har yili respublika böyiça avariya holatidagi yoki e’tibordan çetda qolgan madaniy meros obektlarini restavratsiya va ta’mirlaş-tiklaş işlari uçun milliy röyxat şakllantiriladi.
Joriy yilgi röyxatga köra, köplab tanqidlarga sabab bölgan Bahodir Yalangtöşbiy madrasasi, Talipoç qal’a qoldiqlari, «Uluğbek» madrasasi, Amir Olimxon madrasasi, Kök gumbaz, Oq Saroy, Islom Xöja yozgi qarorgohi, Çodra hovli kabi obektlarda restavratsiya işlari olib borilişi rejalaştirilgan.
Buxoro «Ark» qörğoni majmuasidagi Quşbegi, Saisxona, Salomxona, Taxtxona madaniy meros obektlarida ham ta’mirlaş tiklaş işlari olib boriladi. Eng e’tiborga molik loyihalardan biri esa — «Ark» qörğoni majmuasi vayronalari qismida «Arxeologik park» taşkil qiliş. Buxoro şahridagi «Masjidi Kalon» (Poi Kalon majmuasi) qulab tuşgan qismlar va ta’mirtalab devorlarini ta’mirlaş-qayta tiklaş, atrofini obodonlaştiriş işlarini ham 2022 yilning IV çoragida amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Bundan oldin madaniy meros yodgorliklariga zarar yetkazilgani haqida işonç telefoni orqali xabar beriş yölga qöyilgandi.












