Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron O‘zbekistondagi madaniy meros obektlari restavratsiyasida qatnashmoqchi
O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eroning Razigaran Arg-e Azadi Consulting Engineers Company kompaniyasi direktori Alirizo Anisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqotda Alirizo Anisi O‘zbekistonning Markaziy Osiyoning eng yetakchi mamlakatlaridan biri sifatida bilishini va o‘zbek tadbirkorlari bilan birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini ta’kidladi. U, shuningdek, O‘zbekistondagi madaniy meros obektlarini restavratsiya qilish bo‘yicha loyihalarda qatnatish taklifini ham ilgari surdi.
Tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikning istiqbollari xususida fikr almashdi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Eron tomoni diplomatik missiya binosida tashkil etilgan o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan bezatilgan va mamlakatimiz urf-odatlari va an’analari aks etgan burchak bilan tanishdi.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026