AQŞning birinçi xonimi Jill Bayden Buxarestda ukrainalik qoçqinlar bilan uçraşdi, deb xabar berdi TASS. 

Xabarda aytilişiça, Bayden Ruminiya prezidentining rafiqasi Karmen Yoxannis bilan birga Ukrainadan kelgan bolalar öqiydigan maktabga taşrif buyurdi. 

Qayd etilişiça, AQŞning birinçi xonimi bolalar va ularning ota-onalari hamda maktab xodimlari bilan suhbatda böldi. Söngra Bayden va Yoxannis AQŞ prezidentining dastxati tuşirilgan M&M’s konfetlarini ulaşdi.

Bir kun avval Jill Bayden Ruminiyadagi amerikalik harbiylar bilan uçraşgandi.

Keçga yaqin AQŞning birinçi xonimi Slovakiyaga jönab ketgan.