Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston xalq şoiri Töra Sulaymon uy-muzeyini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Yozuvçilar uyuşmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Sirdaryo viloyat hokimligi hamda keng jamoatçilikning Özbekiston xalq şoiri Töra Sulaymon yaşab ijod qilgan Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, “Turğun Ahmedov” MFY, Baxmal köçasi 7-uy manzilida Töra Sulaymon uy-muzeyini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma’qullanadi.

Sirdaryo viloyat hokimligi uy-muzeyni taşkil etiş loyihalarini işlab çiqişda:

  • mazkur obektning 2022 yil 31 dekabrga qadar foydalanişga topşirilişi;
  • uy-muzey hovlisida şoirning haykali örnatilişi;
  • uy-muzey binosini rekonstruksiya qiliş, qöşimça binolar quriş va atrofini obodonlaştiriş;
  • Mirzaobod tumani, “Turğun Ahmedov” MFY, Baxmal köçasiga hamda mazkur mahalladagi 19-sonli umumta’lim maktabiga Töra Sulaymon nomini beriş;
  • uy-muzeyga aylantiriladigan Mirzaobod tumani, “Turğun Ahmedov” MFY, Baxmal köçasi, 7-uy manzilidagi binoda şoirning mulk huquqi asosida istiqomat qiluvçi qarindoşlarini belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlaşni nazarda tutadi.