Poytaxt hokimligi xabariga köra, festival mehmonlari qahva, salqin içimliklar, kakao, smuzi va boşqa mualliflik içimliklarini tatib körişi mumkin böladi. 

Tea&Coffee Expo körgazmasida Özbekistonning eng yaxşi qahva qovuruvçilaridan qahva donalarini xarid qilsa böladi. Festival sohaning barça yangiliklarini taqdim etib, qahva damlaş uçun aksessuarlarni ham namoyiş etadi. 

Yangi iş boşlagan tadbirkorlar esa öz qahvaxonasi uçun franşiza xarid qilişi mumkin.

Dasturdan seminarlar, ma’ruzalar, mahorat darslari va degustatsiyalar, barista kasbi töğrisida davra suhbati va boşqa köplab tadbirlar örin olgan.

Festival taşkilotçilari: Turizm va madaniy meros vazirligi, Toşkent şahar hokimligi, Baristalar uyuşmasi va “Makon” telekanali.

Avvalroq Özbekiston uç oyda 11 mln dollarlik çoy import qilgani xabar berilgandi.