Rossiya Boş prokuraturasining talabiga binoan 15 may, yakşanba kuni Rossiyada yana 25ta sayt bloklandi. Ularning röyxati «Roskomsvoboda» loyihasi tomonidan e’lon qilingan.
Bloklaş Voiny.net resursini ham çetlab ötmadi. Uning yaratuvçilari fikriga köra, «resurs harbiy harakatlarni töxtatiş hamda Rossiya va Ukraina örtasida tinçlikni tiklaş uçun pozitsiyani ifodalaşning turli usullarini bir joyda töplaydi». Şuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini yorituvçi Pogibşieplenneukraina.com sayti çeklandi.
Bundan taşqari, Germaniya haqidagi yangiliklarni rus tilida e’lon qiluvçi Germania.one sayti va Ukrainaning Kramatorsk.info axborot resursi bloklandi.
Bir kun avval, 14 may kuni «Roskomnadzor» 34ta saytni, jumladan, «Kavkazskiy uzel»ning ikkita domeni – kavkaz-uzel.ru va kavkaz-uzel.media’ni çeklaşga qaror qildi.
«Roskomsvoboda» loyihasining tuşuntirişiça, bloklaşga qaror qilingan havolalarga ega ba’zi maqolalar kengaytirilgan HTTPS protokoli orqali reyestrga kiritilgan. Şu sababli, nafaqat maqolalarning özi, balki ularni joylaştirgan saytlarga ham kiriş çeklandi.
Bundan oldin Ukraina bilan uruş boşlanganidan keyin Rossiyada 3000ta sayt bloklangani xabar qilingandi.












