Telegram asosçisi Pavel Durov Rossiyada unga nisbatan «terrorçilik faoliyatiga kömaklaşiş» moddasi  böyiça jinoiy iş qözğatganini ma’lum qildi (Rossiya tergov organlari bu haqda rasman e’lon qilmagan). Iş Rossiya Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi böyiça qözğatilgan – unga köra 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.

U öz kanalida rasmiylar rossiyaliklarning messenjerga kirişini çeklaş uçun «har kuni yangi bahonalar öylab topayotgani» haqida yozdi va sodir bölayotgan voqealarni «öz fuqarolaridan qörqadigan davlatning qayğuli manzarasi» deb atadi.

Uning bu izohiga «Rossiyskaya gazeta» va «Komsomolskaya pravda» naşrlaridagi maqolalar sabab böldi. Bu maqolalar bir-biriga juda öxşaş va deyarli bir vaqtda çiqqan. Quqida rossiyalik propagandaçilar Durov va telegram haqida nimalar yozişgani keltiriladi.

«Rossiyskaya gazeta»

Durov anonimlik va har qanday hokimiyatdan mustaqillikni tarğib qildi. Bu telegramga radikallar, giyohvandlar, qotillar va terrorçilarni olib keldi. 2014 yilda u yerga ukrainalik neonatsistlar, keyin esa «AUYe» guruhlari (jinoiy guruhlarni ifodalovçi abbreviatura) keldi. Heç qanday blokirovka yöq – bu Durov tanlagan zöravonlik va özboşimçalik yöli. Eron, Hongkong va boşqa mamlakatlardagi norozilik namoyişlari telegramda muvofiqlaştirildi. SVO («maxsus harbiy amaliyot» – Rossiya hukumati Ukrainadagi uruşni şunday ataydi) şaroitida u NATO mamlakatlari va «Kiyev rejimi» maxsus xizmatlarining asosiy quroliga aylandi.

Mana IIV va FXX keltirgan raqamlar: 2022 yildan buyon telegramdan foydalangan holda 153 ming jinoyat sodir etilgan. Ular orasida – «Krokus»dagi terakt, Darya Dugina, Vladlen Tatarskiyning öldirilişi bor.  Durov Roskomnadzorning murojaatlarini surbetlarça e’tiborsiz qoldirdi. Ammo uning yolğonçiligini qarangki, Fransiyada hibsga olinişi bilanoq, u darhol Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik qila boşladi. Rossiya uzoq sabr qildi. Lekin endi çoralar körildi. Bu erkinlikka hujum emas, bu davlat fuqarolarni nazoratdan çiqib ketgan raqamli maxluqdan himoya qiladi.

«Komsomolskaya pravda»

Telegram juda qulay ekani hammaga ma’lum. Ammo uning yordamida rossiyalik generallar öldirilayotgani, maktablarga hujumlar uyuştirilayotgani, jangarilar öz harakatlarini muvofiqlaştirayotganidan hamma ham xabardor emas. Durovni 10 yildan ortiq vaqt davomida javobgarlikka tortişga harakat qilişdi. 2018 yildayoq u qonunni bajarişga tayyorligini aytgandi, ammo va’dalar yolğon bölib çiqdi: 2020 yilda blokdan çiqarilgandan söng u ritorikani keskin özgartirdi, keyin esa RFdan çiqib ketdi.