Bugun, 20 may kuni, Toşkent şahrida «Davlat-xususiy şerikligi böyiça xalqaro davra suhbati» bölib ötmoqda. Tadbirda sözga çiqqan boş vazir örinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov xususiy investitsiyalarning Özbekiston iqtisodiyotiga ta’siri haqida töxtalib ötdi.
«DXŞ dasturi Özbekiston iqtisodiyotini rivojlantirişdagi drayver yönaliş hisoblanadi. Iqtisodiy ösişni ta’minlaş va reformalar davrida bu juda ham muhim. Birinçi navbatda, investitsiyalar, ayniqsa xususiy investitsiyalar biz uçun juda ham kerak. Xususan, yalpi içki mahsulotimizni 100 mlrd dollarga yetkaziş investitsiyalar, jumladan xususiy sarmoyalarni talab qiladi. 2022-2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasida DXŞ dasturi doirasida 14 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oşiriş közda tutilgan», deya ta’kidladi u.
Jamşid Qöçqorovning qöşimça qilişiça, sönggi beş yil davomida keçiktirib kelingan bir qança islohotlar amalga oşirildi. Şu bilan birga, global vaziyat murakkab bölgan hozirgi vaziyatda ham Özbekiston investitsiyalar jalb etişda boşqa davlatlar bilan raqobat qila oladi.
«Özbekistonning kelajagi investorlar uçun yaxşi imkoniyatlar taqdim qiladi. Bizning prognozlarimizga köra, 2030 yilga borib Özbekistonda aholi soni 40 mln kişiga, YaIM esa 160 mlrd dollarga yetadi. Aholi jon boşiga hisoblanganda YaIM miqdori 4 ming dollarni taşkil qilişi kutilmoqda. Davlatimiz rahbari bu natijaga erişişni bizning oldimizga maqsad qilib qöydi», dedi iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri.
Ta’kidlanişiça, hozirda barça potensial hamkorlar bilan oçiq tarzda muloqot jarayoni amalga oşirilmoqda.
Avvalroq, Jahon banki ekspertlari tomonidan e’lon qilingan hisobotda Özbekiston 2030 yilga borib daromad darajasi örtaçadan yuqori bölgan davlatlar qatoriga qöşilişi uçun YaIMning ösiş sur’atlari hozirgi darajadan ança yuqori bölişi kerakligi qayd etilgandi.
2021 yilda Özbekiston YaIM 734,4 trln sömni taşkil etgan – bu örtaça almaşuv kurs böyiça hisoblaganda nominal YaIM 69,23 mlrd dollar bölganini körsatadi. Aholi jon boşiga YaIM körsatkiçi 1983 dollarga yetgan.












