Vazirlar Mahkamasining “BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik jamğarma iştirokida Orolböyi mintaqasida köllar va suv-botqoqli yerlardan samarali foydalaniş böyiça loyihani amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilar:
- “Orol dengizi havzasi landşaftining tanazzul yerlarida barqaror hayotni ta’minlaşni qöllab-quvvatlaydigan asos sifatida köllar, suv-botqoq yerlari va qirğoqböyi hududlarini saqlaş hamda boşqariş” loyihasini moliyalaştiriş uçun Global ekologik jamğarma (GEJ) tomonidan 5 yil muddatga 3 552 968 AQŞ dollari miqdorida grant mablaği ajratilişi töğrisidagi qaror 2021 yil 1 oktyabrda GEJ rahbariyati tomonidan ma’qullangan;
- BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD)ning Özbekistondagi vakolatxonasi tomonidan loyiha uçun 270 000 AQŞ dollari miqdorida grant mablağini ajratilişi ma’qullangan, şuningdek loyihani amalga oşiriş davrida BMTTD mas’ul ijro etuvçi organ hamkori sifatida faoliyat körsatadi;
- Ekologiya qömitasi va BMTTDning Özbekistondagi vakolatxonasi örtasida 2021 yil 1 aprel kuni loyihani amalga oşiriş böyiça kelişuv xati, şuningdek loyihaning asosiy hujjati 2021 yil 22 dekabrda imzolangan;
- loyiha Qoraqalpoğistonning Möynoq va Amudaryo tumanlarida, Buxoro viloyatining Qoraköl va Olot tumanlarida amalga oşiriladi;
- loyihani amalga oşiriş davri 5 yilni (2022–2026 yillar) taşkil etişi ma’lumot uçun qabul qilinadi.
Davlat ekologiya qömitasi loyihani öz vaqtida amalga oşiriş va muvofiqlaştiriş, şuningdek, BMTTD va GEJning grant mablağlaridan maqsadli va samarali foydalaniş böyiça Özbekiston hukumati tomonidan mas’ul ijro etuvçi organ hisoblanadi.
Loyihani amalga oşiriş Özbekiston hukumati va BMTTD örtasida imzolangan bitimga (1993 yil 10 iyun) muvofiq milliy mexanizmga asoslanadi.












