Budjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi miqdori oşiriladi
Prezident farmoni bilan budjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi miqdori 12 foizga oşiriladi.
Şuningdek, 2022 yil 1 iyundan boşlab Özbekiston Respublikasi hududida:
- mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori — oyiga 920 000 söm;
- bazaviy hisoblaş miqdori — oyiga 300 000 söm etib belgilanadi.
Davlat tibbiyot muassasalari xodimlarining iş haqi oşiriladi
Prezident farmoniga asosan davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boşqa xodimlarining oylik lavozim maoşlari:
- oliy va birinçi malaka toifalariga ega bölgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uçun — 15 foizga;
- ikkinçi malaka toifasiga ega bölgan va toifaga ega bölmagan, şuningdek, boşqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uçun — 10 foizga;
- tibbiyot muassasalarining boşqa xodimlari uçun — 15 foizga oşiriladi.
Bunda, tibbiyot muassasasi xodimlarining tarif stavkalarini hisoblaş amaldagi mehnatga haq tölaş razryadlari böyiça tarif koeffitsiyentlarini tegişinça 1,15 va 1,1 barobarga köpaytiriş orqali amalga oşiriladi.
Xodimlarga içki turizm xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
Prezident qaroriga köra, «Özbekiston böylab sayohat qil!» dasturi doirasida:
- jamoa şartnomalariga iş beruvçilar tomonidan xodimlar uçun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga çiqiş imkonini yaratiş qoidalari kiritiladi;
- sayohat xarajatlarining bir qismi iş beruvçilarning budjetdan taşqari jamğarmalari mablağlari va qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan qoplab beriladi.
Ayrim xorijiy davlatlarda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining vakili iş boşlaydi
Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqiy himoyasini yanada kuçaytiriş hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy qöllab-quvvatlaş tizimini kengaytiriş maqsadida Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozoğiston Respublikasining bir qator hududlarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillik instituti








