Liotta uyqudaligida vafot etgan, uning ölimi sabablari hozirça xabar qilinmagan. Uning vakili bergan ma’lumotga köra, u bu vaqtda «Xavfli suvlar» filmi s’yomkasida iştirok etiş uçun Dominikan respublikasida bölib turgandi.

Liottaga ilk maşhurlikni 1986 yilda qora komediya janridagi «Yovvoyi narsa» (Something Wild) filmi keltirgan. Sobiq mahbus Rey Sinkler roli uçun u «Oltin globus»ga nomzod bölgan. Şundan keyin, 1988 yilda Liotta «Dominik va Yudjin» filmida rol ijro etgan.

Ammo uning faoliyatidagi haqiqiy kötariliş Skorsezening 1990 yilda katta ekranlarga çiqqan «Dongdor yigitlar» filmidagi iştiroki böladi, bu film kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli filmlardan sanalib, gangsterlar haqidagi kinolar uçun «oltin standart»ga aylanadi - klassik «Çöqintirgan ota» va «Bir kuni Amerikada...» filmlari qatorida.

«Dongdor yigitlar» yulduzlari: (çapdan öngga): Rey Liotta, Robert de Niro, Pol Sorvino va Jo Peşi
WARNER BROTHERS/GETTY IMAGES

«Dongdor yigitlar»da Liotta Robert de Niro, Pol Sorvino va Jo Peşi kabi yulduzlar bilan birga öynaydi, bu lenta beşta yönalişda «Oskar»ga nomzod bölgan. Uning ijrosidagi Genri Hillning «Men esimni taniganimdan buyon gangster bölişni xohlaganman» iborasi esa - kino tarixidagi eng yodda qolarli iqtiboslardan biri bölib qoladi.

Liotta hozirgi kunga qadar aktyorlik faoliyatini davom ettirayotgandi. Yaqinda u Elizabet Benks «Kokain ayiği» filmida suratga tuşiş işlarini yakunlagandi.

Ötgan yilda Liotta «Soprano klani» serialiga sikvelda va  «Nyuarkning muqaddas avliyolari»da suratga tuşdi. Unga serialning originalida iştirok etiş böyiça ham taklif bölgan, ammo u rad etgan.

2016 yilda Liotta Tim Bertonning Betmen haqidagi filmida boş rolni ijro etiş (1989 yilda çiqqan) imkoniyatini qöldan boy berganiga afsuslanişini tan olgandi.

2022 yil oxirlarida u Demi Mur va Margaret Kuelli bilan «Modda» filmida suratga tuşişi rejalaştirilgandi.