Kişinyov şahri Çokan sektori sudi prokuratura sörovini qisman qanoatlantirib, Moldova sobiq prezidenti Igor Dodonni 30 kunlik uy qamoğiga hukm qildi.
"Sud prokurorlar sörovini qisman qanoatlantiradi, Igor Dodonga nisbatan 30 kunlik uy qamoği körinişidagi dastlabki çora qöllanilsin", - deyiladi sud hukmida.
Prokuror Petru Yarmolyuk ayblov tomoni sud qaroriga nisbatan şikoyat kiritişini aytdi.
"Biz uning 30 kunga hibsga olinişini söragandik. Sud prokuratura sörovini qisman qanoatlantirdi, biz bu qarorga nisbatan şikoyat kiritamiz", - dedi Yarmolyuk.
Dodon passiv korrupsiya, noqonuniy boylik orttiriş, partiyani jinoiy taşkilot tomonidan moliyalaştiriş va davlatga xiyonat qilişda gumonlanib 24 may kuni aksilkorrupsiya prokuraturasi xodimlari tomonidan 72 soatga hibsga olingandi.
Igor Dodon 2016 yil dekabridan 2020 yil dekabriga qadar Moldova prezidenti bölgan. U Rossiya bilan yaqindan hamkorlik qilişga intilgan va rossiyaliklar prezidenti Vladimir Putin bilan bir neça bor uçraşgan.












