Birinçi manzil Toşkent şahridagi «Semurğ» nomli 560-maxsus maktabgaça ta’lim muassasasi böldi. Bu yerda bolalar tserebral falaji taşxisi bilan nogironlikka ega bölgan 125 nafar bola tarbiyalanadi.
Bundan taşqari, Toşkent viloyati Qibray tumanidagi psixofizik rivojlanişida muammolari bölgan bolalar yaşayotgan Maxsus Bolalik uyi tarbiyalanuvçilari uçun ham bayram taşkil etildi.
Ma’lumki, ijobiy hissiyotlar, ğamxörlik har qanday bolaning holatiga juda yaxşi ta’sir körsatadi, şuning uçun bolalar bayrami öyinlar, bolalar sevgan qahramonlar bilan bevosita muloqotga boy böldi. Kompaniya tomonidan taklif qilingan animatorlar kiçkintoylar bilan tezda til topişib olişdi, ularni kuldirib, köngillarini kötarişdi.

Superqahramon bölişni orzu qilgan bolalar kitobining maşhur qahramoni şerbaçça Leo bolalarning alohida qiziqişiga sabab böldi. Şer bolasiga uning ota-onasi öz zaminini himoya qilgan, undan olinadigan boyliklarni tejaydiganlargina superqahramon bölişini uqtirişgan. Şerbaçça gaz va neft qanday qazib olinişi, elektr energiyasi qanday olinişi töğrisida bilib oldi. Yer kurrasini himoya qiliş uçun energiya zaxiralarini hatto uyda ham tejab işlatiş mumkinligini yaxşi tuşunib oldi.

Super Leo kitobi mamlakatimiz Energetika vazirligi va ERIELL Group bilan hamkorlikda naşr etilib, hozirda köplab bolalar boğçalari va kutubxonalarga tarqatilgan.


Kitob qahramoni bolalar hayotiga kirib bordi, bolalar muassasalaridagi bayramlarda bolajonlarning jon-u diliga aylandi. Bolalar bu yerda davlatimizning ERIELL kabi taşkilotlari ğamxörligi ostida nafaqat ösib-unişi, balki hayotdagi muhim va foydali narsalar haqida ham tuşunçaga ega bölişlari kerak. Va albatta, har bir bola sovğa olib, dasturxon atrofida quvnoq kayfiyatda ötirgan bugungi kundagi kabi har doim mehrni his qilib yaşaşi kerak.


Bolalar bilan bu kabi uçraşuvlar kompaniyamiz uçun an’anaviy bölib qolgan. Va kompaniya bolalarga nafaqat xursandçilik ulaşadi, balki ular yaşaydigan maxsus muassasalarni ta’mirlaş va uskunalar bilan ta’minlaş kabi mas’uliyatli işlarni amalga oşirişda ham faol iştirok etadi.
ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ











