Islom Karimovga yozilgan xat, söm-kuponlar, 7 yoşda 3-sinf - bolalik xotiralari
|23:50 / 01.06.202259 05712 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Bolaligida qöy boqayotib vaqtini kitob öqiş bilan ötkazgan vazir, yoşligida Islom Karimovga xat yozgan iqtisodçi, “Ötkan kunlar”ni beş marta öqigan bloger, gimnaziya direktorining yap-yangi “Moskviç”i ğildiragini teşgan fond raisi, Bözsuv kanalida şişa idişda baliq tutgan jurnalist.
Biz 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan davlat va jamoat faollaridan ayrimlarining bolalik xotiralari bilan qiziqdik.
“Ertalab ikkita nonni belga boğlab ketardik, keçqurun qöyni haydab qaytib kelardik”
Ibrohim Abdurahmonov, Innovatsion rivojlaniş vaziri, akademik:
— Tuman markazidan uzoqdagi toğli qişloqda katta bölganman. Boşlanğiç sinflarda asosiy işim qöy boqiş bölgan. Ertalab ikkita nonni belga boğlab ketardik, keçqurun qöyni haydab qaytib kelardik. Qarindoş-uruğlarimizning aksariyati öqimişli bölgani bois doimo qölimizga kitob ham berib yuborişardi. Vaqt köp, atrofimiz toğ, şu kitoblarni mutolaa qilib, kunni keç qilardik.
Oilada tönğiç farzand bölganim uçun rözğor yumuşlari bilan köproq şuğullanişimga töğri kelgan. Ösmirlik çoğim tomorqadagi işlarni qilardim – ekin ekiş, ularni parvarişlaş ilmini olganmiz... Mehnat qilişdan qoçmasdim, lekin suv muammo bölardi – dehqonçilikning eng katta maşaqqati bu suğoriş edi.
7-8-sinfdan fan olimpiadalarida iştirok eta boşladim. Birinçi marta matematika böyiça tuman olimpiadasiga qatnaşganman. Tuman bosqiçida heç kim bir-birini tanimaydi, böyim boşqa bolalarnikidan balandroq bölgani uçun 8-sinflar ötirgan sinfga kiritib yuborişibdi. Tabiiyki, masala-misollarni yeçolmadim, uyga xomuş qaytib kelib, dadamga «men matematikani bilmas ekanman», deganman. Dadam maktabimizda biologiyadan dars berardilar, adaşganimni suriştirib bilibdilar. Şundan keyin biologiya olimpiadasida qatnaşgin, deb maslahat berdilar.
Keyingi yildan biologiya böyiça tayyorlana boşladim. Avval tuman, keyin viloyat va respublika bosqiçiga çiqişga muvaffaq böldim. Öşa paytlari akademik Abdusattor Abdukarimov olimpiadaning respublika bosqiçida raislik qilganlar. Eşitişimizça, u kişi imtihon böladigan kuni ertalab savollarni almaştirgan ekanlar. Negaki, ayrim bolalarga avvaldan savollarni berib qöyiş holatlari bölib turarkan-da. Öşa yili opam ikkimiz qatnaşib, olimpiadada ğolib böldik. Opam respublika olimpiadasi ğolibi sifatida universitetga imtihonsiz öqişga kirdi. Ana öşanda odam harakat qilsa, öqisa, natijaga erişişiga amin bölganman.
Mavzuga oid
U paytlari universitetga kirişning yagona yöli biz uçun olimpiadada ğolib böliş edi. Negaki, sohada korrupsiya avj olgan palla edi. Şuning uçun ham 11-sinfgaça hayotim olimpiadalarga tayyorgarlik, olimpiadalarda qatnaşiş bilan ötdi. Ösmirligimda töylar, turli köngiloçar tadbirlarga borganimni eslolmayman – vaqtni qizğanardim.
Respublikada 1-örinni olib, butunittifoq olimpiadasida ham iştirok etganman. Moskva davlat universiteti professori bilan suhbatda bölganim maktab davrimdagi eng katta taassurotlarimdan bölgan. Menga bu olimpiadada «genlar dreyfi» haqida savol tuşgan. Qişloqda öqiganim uçun rus tilini yaxşi bilmasdim. Uni öşa professorga tarjimon orqali tuşuntirib berganman. Öşanda şu professor menga biologiya böyiça katta kitob sovğa qilgandi. U yerda örin ololmaganman, lekin şu voqea öz ustimda yanayam qattiq işlaşimga turtki bölgan.
Babinskiy muallifligidagi «Odam fiziologiyasi» degan kitobni yoddan bilardim. Har bir suyaklarning nomini yodlab olgandim. Şuning uçun biofakda öqiş qiyin bölmagan – birinçi kursdan laboratoriyada işlardim.
Mixlangan qizil tobut, paxtazorda dori soçayotgan samolyotlar
Otabek Bakirov, iqtisodçi:
— Bolalik turliça ötgan, lekin Bolalar kuni bölgani töğrisida bilmaganimiz aniq. Bolaligingda nimalar bölgan desa, juda katta ta’sir ötkazgan voqealar va kartinalarni sanayman.
Hozirgi tilda aytganda kalit sözlar: Umurzoq amakimning sovet armiyasidan tobutda qaytişi, mixlangan qizil tobut, paxtazorda dori soçayotgan samolyotlar, qöl siltayotgan uçuvçilar (keyin bilsam, ular qoç, deb qöl siltar ekan), ariqdagi loyqa, jigarrang suv, traktor pritsepiga ortilayotgan beşiklar, qizamiq, közoynak, ikki gektar yagana, paxta çopiq, obedgaça yoki obeddan keyin magazinda navbatda turiş, talon, şakar, 1991 yil 31 avgust, kupon, söm-kupon, Maradona, Spartak, Paxtakor, Moskva, Ujgorod, maktab podvalidagi jismoniy tarbiya darslari, Öş, geografiya, matematika, olimpiada, şoli, maşoq, tegirmon. Bularning har biri alohida hikoya böladi.
Orzularga kelsak, esim kirmagan paytda prezident Islom Karimovga prezident bölaman va qarzimni qaytaraman, deb xat yozganim esimda. Aql-huşim joyida bölganida esa pul topadigan kasbdan boşqa yöl yöqligini tuşunganman.
«Öşa paytda odamlar bir-biri bilan köproq jonli muloqot qilardi»
Şahnoza Soatova, adliya vazirining davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi, bloger:
— Mening bolaligim öşa paytda men bilan yaşagan bolalardan juda farq qilmagan. Ança faol bölganmiz. Köçadan uyga haydab kirişolmasdi, rang-barang öyinlar, qiy-çuv töpolon bölardi. Mahallamizda ham bola köpmidi, xullas, özimdan 3 yoş katta va 3 yoş kiçkina şu oraliqdagi bolalar bilan juda ham faol öynardik.
Bolaligimning ajralmas qismi kitoblar qurşovida ötgan. Öşa paytda hammaning uyida bitta televizor bölardi. Lekin bizning televizor negadir köp buzilib qolardi. Ta’kidlaş joiz, u paytda telekontentlar hozirgidan farq qilardi. Ança yuqori standartli, ya’ni töğri tarbiyalaydigan yaxşi filmlar qöyilardi. Keçki payt har kuni bir marta kino berilardi. Şu kinoni kutib ötirardik. Lekin televideniye kontenti hozirgidek boy emas edi.
Uyimizda televizor buzilib qolsa, xuddi bir odam yöqolib qolgandek, azadek bölib qolardi. Men şunday paytlarda böşliqni töldiriş uçun radio eşitardim yoki kitob öqirdim. Men öşa paytda özim uçun BBC özbek xizmati radiosini kaşf qilganman. Ularning yönalişi öşa paytdagi radio yönalişlaridan farqli bölardi. Boşlovçi, jurnalistlar nutqida özbek tilidagi sözlarning yangiça tovlanişlarini eşitardim.
Mahallamizda bitta kutubxona bor edi. Ta’til paytlari öşa yerga borib, haftada bitta kitob olib kelib öqirdim. U yerga borolmagan yoki yaxşi kitob topolmagan paytim qöni-qöşnilardan kitob sörardim. Kitob topolmagandimdan kitoblarni takror-takror ham öqiganman. Masalan, “Ikki eşik orasi”ni 4 marta, “Ötgan kunlar”ni 5 marta öqiganman. Şular meni tarbiyalagan.
Nimagadir öşa paytda mahallamizda odamlar bir-biri bilan köproq jonli muloqot qilardi, deb öylayman. Bolalar köçaga yugurişardi, onalari ularga qaragani köçaga çiqib, özaro muloqot qilişardi. Qiş kuni bölsa, biz qorböron öynagani çiqsak, onalarimiz çanada sayr qilişardi. Qorlar ham köp yoğardi.
Bolaligimning salbiy jihatlari ham bor, otamni erta yöqotganmiz, rözğor taşvişlari erta boşimizga tuşgan. Otam yöqligi sabab öksiganim, notengliklarni körganim ham bor, lekin bugun yorqin xotiralarimni eslamoqçiman.
Komil Allamjonov, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi raisi:
— Töqsoninçi yillar oilamiz boy bölmagan, lekin oç ham qolmaganmiz. Onam doya, otam avtoslesar edi. Bolalar tuğilavergan, maşinalar buzilavergan, ota-onam işsiz qolmagan. Ularning eng katta orzusi farzandlariga yaxşi ta’lim beriş bölgan. Şuning uçun oyim öqişimni oltinçi sinfdan ÖzMU qoşidagi gimnaziyaga (keyinçalik akademik litseyga aylantirildi) ötkazgan. Heç kimga pul-mul bermagan. Oyim pora beriş kerakligini bilmasdi ham.
Gimnaziyada prokurorlar, deputatlarning bolalari bilan öqiganman. Doim atrofdagilarga birovdan kam emasligimni isbotlaşga majbur edim. Töğri, men u yerga porasiz, heç qanday qönğiroqsiz, öz bilimim bilan kirganman. Töğri, ota-onam oddiy odamlar. Lekin menga past nazar bilan qaraşlariga yöl qöymasdim. Gimnaziya direktorining: «Allamjonov, yaxşi öqi. Seni «kontrakt»da öqitişga ota-onangning baribir qurbi yetmaydi», degan gapi ayniqsa yomon tegib ketgan. Hammaning oldida kamsitgani uçun yap-yangi «Moskviç»ining ğildiragini teşib, öçimni olganman.
Ön uç yoşimda qand qiroli bölişga qaror qildim. Özimga velik olişim kerak edi. Velosipedi bor örtoqlarim uçişga bermay qöyişdi. Ota-onam esa: «Komiljon, veliksiz ham doim qayoqlardadir sanğib yurasan, velosiped minsang, seni umuman topolmay qolamiz!» deb gapni qisqa qilişgan.
Kommunistik mafkura puçga çiqqan paytlar. Qöni-qöşni orasida faqat biznes, tez va osongina boyib ketiş yöllari haqida gap-sözlar yurardi. Biz ön uç yaşar ösmirlar ham çöntagimizda doim pul bölişini xohlardik. Köp tengdoşlarim özi işlab daromad topar, kimdir oilasiga yordam bersa, yana kimdir kiçik orzulariga pul yiğardi.
«7 yoşimda uçinçi sinfni bitirganman»
Aziza Qurbonova, jurnalist-bloger
— Bolaligim Uçtepa tumanining Çöponota mahallasida keçgan. Men juda ham quvnoq bolalik keçirganman. Ota-onamning 4 farzandi bor, men ikkinçisiman, akam va 2 ukam bor. Oilada yolğiz qiz ekanimni, ğamxörlik va himoyani his qilib yaşaganman. Uyda demokratik muhit bölgan. Faqat ayol kişi yoki qiz bola uy işlarni qilişi kerak, degan tuşunçadan yiroq edik. Onam bizning teng işlaşimiz uçun idiş-tovoq yuvişni ham kunlarga bölib qöygandilar. Akam va ukalarimning ham idiş yuvadigan kunlari bölardi. Şunaqa demokratik ruhda ulğayganim uçun hozir ham ayolning huquqlari, erkini çeklaş notöğri ekanini bilaman.
Uydagilarim imkoniyatidan qat’i nazar nimaga qiziqsam ham yöq deyişmagan. Sinab körişim uçun şaroit yaratib berişgan.
Yoz kelsa, olçalarni terib, butilkaga solib, şakar sepib – uni “olçali döq-döq” derdik – şunaqa qilib, taxtaçalar bilan uni ezib, taxtani şimib katta bölganimiz esimda. Yana bir voqea yorqin xotira bölib qolgan. Uyimizning oldida Bözsuv kanali oqardi. Kanalning böyiga tuşib, 1 litrli bonkaga nonlarni maydalab, suv solib, bonkaning oğzini arqon bilan örab, Bözsuvga otardik, unga mayda baliqçalar tuşardi. Öşa paytda Toşkentning ekologik muhiti yaxşi bölgan şekilli, baliqlar köp, suv toza edi. Tutgan baliqlarimizni ota-onam kelguniça qovurib yeb olardik.
Maktab davrlariga kelsak, qiziq bölgani – men 3-sinfni 7 yoşimda tugatganman. Maktabga çiqqanimda öqiş tezligim kuçli bölgan, 4 yoşimda alifboni tanitişgan. U paytda 1 yilda 2ta sinfni bitirişga ruxsat bor edi. Man 6 yoşimda 1-2-sinfni öqib bölganman va keyingi yil 7 yoşimda 3-sinfga çiqqanman. Lekin öşa paytda boşqa joyga köçganimiz, yangi joyga moslaşuvimni hisobga olib, onam meni 3-sinfda qayta öqişimni xohlagan.
Men juda katta orzular qilganman va jurnalist bölişimni aniq bilardim. Bunga heç qanday şubham bölmagan. Boşqa kasb haqida öylamaganman. 5-sinfdan televideniyega kelib, «Binafşa» degan körsatuvda qatnaşib yurardim. Keyinçalik öşa meni ilk stendaplarimni olgan operatorlar bilan filmlar, loyihalar qiliş nasib qildi.