Qayd etilişiça, narxlarning oşişiga Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta’sir qiluvçi qöşimça soliq va majburiy tölovlar joriy qilingani, kommunal, transport, elektr-energiya va boşqa xizmatlar uçun tölovlar miqdori bir neça baravar (30-40 foiz) oşgani sabab bölgan.

Haj amallarini taşkil etuvçi muassasalarning xizmatlariga 2022 yilda yangi majburiy tölovlar joriy etilgan. Şu bois dunyo mamlakatlari uçun haj xizmatlari narxi örtaça 40-45 foizga kötarilgan.

Şuningdek, Saudiya Arabistoni tomoni bilan olib borilgan muzokaralardan söng joriy yil Özbekiston fuqarolari uçun umumiy haj kvotasi 10 865 nafar etib belgilandi. 2019 yilda bu körsatkiç 7 200 nafarni taşkil etgan edi.

Saudiya hukumati tomonidan bu yilgi haj ibodatini ado etiş uçun xorijiy va mahalliy fuqarolarga quyidagi talablar e’lon qilingan:

  • Saudiya Arabistoni Podşohligi Haj va umra vazirligi tomonidan qöyilgan qat’iy karantin talabiga köra, “Haj-2022” mavsumida iştirok etiş yoş çegarasi 65 yoşgaça etib belgilandi. Uşbu yoş çegarasiga 1957 yil 30 iyun kunigaça tuğilgan insonlar kiradi;
  • Bölajak hojilar Saudiya Arabistoni Podşohligi Soğliqni saqlaş vazirligi talabiga köra, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan tasdiqlangan Pfizer/BioNTech (AQŞ-Xitoy), Oxford-AstraZeneca (Buyuk Britaniya-Şvetsiya), Moderna (AQŞ) va Johnson & Johnson (AQŞ) vaksinalarining töliq dozasini qabul qilgan bölişlari şart;
  • Barça ziyoratçilar Saudiya Arabistoni Soğliqni saqlaş vazirligi talabiga köra, meningitga qarşi 4 valentli vaksinani qabul qilgan bölişi zarur;
  • Barça fuqarolar Saudiya Arabistoniga kirişdan 72 soat oldin koronavirus diagnostikasi haqida salbiy natijali PZR ma’lumotnomani taqdim etişlari lozim.

Şuningdek, özbekistonlik ziyoratçilar şu yilning 18-30 iyun kunlari Toşkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Samarqand-Madina, Qarşi-Madina, Urganç-Madina, Nukus-Madina yönalişlari böyiça haj safariga kuzatiladi hamda xuddi şu yönalişlar böyiça 14-31 iyul kunlari qaytib keladi.