12 iyun kuni Toşkent viloyati Böstonliq tumanida Captiva maşinasida yonğin röy berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilişiça, holat şu kuni soat 12:31 da Amirsoy oromgohi yölida sodir bölgan. 1 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 12:48 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 12:51 da qurşab olingan. Soat 13:05 da holat töliq bartaraf etilgan.

Hozirda yonğinning kelib çiqiş sababi örganilmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati oliş va halok böliş holatlari qayd etilmagan.