Ma’lum qilinişiça, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça hisobotda xodimlarning jismoniy şaxs şaxsiy identifikatsiya raqami körsatilişi kerak. Bu orqali jismoniy şaxslarning hisoblangan iş haqi töğrisidagi ma’lumotlar şakllantiriladi.

“Biroq, iş beruvçilar tomonidan yuborilayotgan hisobotlarda körsatilayotgan JŞŞIR fuqarolarning amaldagi pasport yoki ID-kartadagi JŞŞIR bilan farq qilayotgani yoki boşqa şaxsning JŞŞIRni körsatiş holatlari aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Hisobotlarda JŞŞIRni notöğri körsatiş voyaga yetmagan bolalari bölgan oilalarga nafaqa puli, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam, pensiya tayinlaşda, xodimlar iş stajini şakllantirişda muammolarni keltirib çiqaradi.

Qömita iş beruvçilardan öz xodimlari iş haqi böyiça soliq hisobotlarini taqdim etişda ularning körsatilgan jismoniy şaxs şaxsiy identifikatsiya raqamlari amaldagi pasportlari yoki ID-kartalaridagi JŞŞIRga mos kelişiga işonç hosil qilişlarini söragan.