Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi qariyb 41 mingtaga oshdi
Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi qariyb 41 mingtaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 126 474 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Qayd etilishicha, ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 680 taga oshgan.
2022 yilning yanvar-may oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
- avtomobil benzini – 475 ming tonna;
- ko‘mir – 2,1 mln. tonna;
- neft – 318 ming tonna;
- gaz kondensati – 555 ming tonna;
- yengil avtomobillar – 126 474 dona;
- avtobus – 376 dona;
- yuk avtomobillari – 1596 dona;
- avtomobil dvigatellari – 94,1 ming dona.
Shuningdek, Statqo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, may oyida eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan.
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning may oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni quyidagicha:
- “Cobalt” - 10 226 dona;
- “Lacetti-Gentra” - 9 076 dona;
- “Damas” - 6 057 dona;
- “Spark” - 1 708 dona;
- “Nexia T-250” - 2 169 dona;
- maxsus yengil avtomobillar - 2 067 dona.
Mavzuga oid
10:19 / 14.07.2026
O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 25 foizga oshdi
17:51 / 13.07.2026
O‘zbekistonda gazetalar soni 15 yilda uch barobar kamaydi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
15:39 / 09.07.2026