Garçi IIV avtomobil oynasini qoraytiriş bepul bölişi kutilayotgani haqida ma’lumotga ega emasligi aytilgan bölsa-da, 1 iyuldan bu borada jiddiy özgariş bölişi kutilayotgani haqidagi gap-sözlar tinmayapti. Kun.uz internet foydalanuvçilari tomonidan bildirilgan ayrim izohlarni jamladi.

“Aslida tonirovka – avtomobil egasining haqqi. Motorni almaştirgani yöq, ğildirakning katta yo kiçigini qöygani yöq, özini quyoşning zararli nurlaridan himoya qilmoqçi xolos. Xuddi qişda issiq kiyim kiygandek gap bu” — Ne’mat Bahriddinov

“Inson özini issiqdan himoya qiliş uçun pul tölaşi bu kulgili holat. “Özbekiston 24” kanalini qöysang, tinmay inson qadri haqida gapiradi. Qani inson qadri?” — Asqar Abdullayev

“Körişni 90 foiz çeklaydigan baxmal pardaga ruxsat bor, lekin içkaridan hamma narsa körinib turadigan tonirovkaga ruxsat yöq! Juda mantiqsiz holat” — Bahodir Mamajonov

“Heç bölmasa avtomobil oynalarini mavsumiy qoraytirişga ruxsat beriş kerak. Juda bölmasa yoz oylarida. Xalq haqida qayğuriş boşlangan ekan, qabul qilinayotgan qonunlar ham şunga muvofiq bölişi kerak” — Şerzod Ismoilxöjayev

“Men şaxsan tonirovka bepul bölişi tarafdoriman. Biroq tez orada avtomobilga radiomagnitofon yoki gilamça örnatiş uçun ham soliqqa tortişlaridan xavotirdaman. Çunki faqat bizning mamlakatdagina aholidan maşina oynalarini qoraytiriş uçun 2000 dollar olişni öylab topiş mumkin” — Şerxon Nazarov

“Tonirovka pulli bölişi uçun heç qanday asos yöq aslida. U tekin bölişi kerak” — Abdurahmon Pardiyev

“Nafaqat şaxsiy avtomobillar, jamoat transportlari – avtobus va “marşrutka”larning oynalarini tonirovka qiliş bepul bölişi kerak. Aholining katta qatlami şunday transportdan foydalanadi. Yozda konditsionersiz avtobusda yuriş juda qiyin. Heç bölmasa oynalari qoraytirilsa, yölovçilarga ança yengillik bölardi” — Umida Muzaffarova

“Tonirovkani pullayotgan amaldorlarning maşinasi 100 foiz qoraytirilgan. Qorni töqning qorni oç bilan işi yöq” —