«Nohaqlik, adolatsizlik, tabaqalashtirish». Deputat «tonirovka»ga belgilangan narxga munosabat bildirdi

Foto: Facebook/Eldor Tulyakov
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Quyi palata deputati Eldor Tulyakov tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarorini tanqid qilib, ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida izoh qoldirgan.
«Nohaqlik, adolatsizlik, tabaqalashtirish....diskriminatsiya... Umid qilamizki xalqning asosli e'tirozlaridan keyin nega aynan bunday narxlar belgilanganligi borasida aniq va asosli tushuntirishlar beriladi. Konstitutsiyaviy sudning xam munosabatini kutib qolamiz», deb yozadi u.
Avvalroq ham deputat bu masalaga e'tibor qaratgandi.
«Mazkur masalaga biz maqtanchoqlik, manmanlik omili sifatida emas, balki tabiiy iqlim sharoitimizdan kelib chiqib, sog‘lig‘imizni asrab-avaylash uchun ko‘riladigan chora sifatida qarashimiz lozim», deya Ichki ishlar vazirligi tomonidan taklif etilgan loyihaga munosabat bildirgandi Eldor Tulyakov.
Uning fikricha, avtomashina oynalarini qoraytirib, maqtanib yuradiganlar ham topiladi, lekin bunaqalar ko‘pchilik emas.
«Shunday ekan, pullik bo‘lsa ham, kun mobaynida asosiy vaqtini mashinada o‘tkazadigan taksi haydovchilari uchun ham avtomashina oynalarini qoraytirish imkoniyati yaratilishi lozim», degandi u. Biroq, deputat «pullik bo‘lsa ham» jumlasi bilan bunchalar katta narxni nazarda tutmagani keyingi munosabatidan ma'lum bo‘lmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

14:02 / 29.03.2025
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?

16:22 / 09.07.2024
Islohotlar agentligi ma’muriy jarimalarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar bildirdi

08:46 / 01.08.2023
«Ko‘zoynak uchun pul to‘lamaymiz, ammo “tonirovka soyasi” uchun to‘layapmiz» - advokat

14:05 / 22.07.2023