Tadbirda Kun.uz muxbiri issiq kunlarda quyoş nuri haydovçilar va yölovçilarga zarar ekanligini hisobga olib, IIV tomonidan «tonirovka» masalasida qandaydir yengillik berilişi borasida söradi.
«Tonirovka masalasiga keladigan bölsak, xabarlaringiz bor, avvallari tonirovkalarga ruxsat berilişi yöl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan amalga oşirilar edi. Bugungi kunda bu Davlat xizmatlari agentligi tomonidan amalga oşirilyapti. Bu yerda belgilangan narxdan 10 foiz kamaytirilgan, ya’ni 2 million söm böladigan bölsa, şunda 200 ming kam tarzda olib boriladi», – deya javob berdi IIV mas’uli.
Ma’lumot uçun, hukumat qarori bilan 2018 yil 1 avgustdan boşlab Özbekistonda avtomobillarga pulli asosda oynalarni qoraytirişga ruxsat berilgandi. Hozirda Özbekiston fuqarosi bölgan jismoniy şaxslar uçun avtomobil oynalarini qoraytirişga ruxsat oliş tölovi quyidagiça:
- orqa yon oynalar – yiliga 5 BHM (1 mln 500 ming söm);
- barça yon oynalar – yiliga 50 BHM (15 mln söm).
Old eşiklarning yon oynalarini 50 foizgaça, orqa oynalarni esa 100 foizgaça qoraytiriş mumkin.












