Şu kunlarda 1 iyuldan tonirovka uçun tölovlar bekor qilinişi kutilayotgani haqida gap-sözlar tarqaldi. Kun.uz uşbu miş-mişlar qançalik haqiqatga yaqin ekaniga oydinlik kiritiş maqsadida IIV axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov bilan boğlandi.

«Hozirça avtomobil oynalarini qoraytiriş 1 iyuldan bekor qilinişi böyiça bizda ma’lumot yöq. Bu borada rasmiy ma’lumotga ega bölişimiz bilan bu haqda IIVning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi», degan IIV rasmiysi.

Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqda tonirovkani bekor qiliş söralgan murojaatlar yana köpaydi. Bunga yildan yilga jazirama tafti kuçayib borayotgani, 40–50 daraja issiqda qoraytirilgan oynalar huzur-halovat emas, hayotiy ehtiyoj hisoblanişi bot-bot takrorlanmoqda. Internet foydalanuvçilari davlat va hukumat mas’ullariga murojaat qilib, fuqarolarning talablariga e’tibor qaratişni söraşmoqda.

Aslida aprel oyidayoq internetda foydalanuvçilar avtomobil oynalarini qoraytirişni bepul qilişni sörab çellenj boşlaşgan, köplab özbekistonliklar öz sahifalariga #tonirovka_jinoyat_emas heştegi bilan videolar joylaşgandi.

Bir neça kun muqaddam Kun.uz bloger Şavkat Hasanning videomurojaati haqida yozgan edi. U maşinasining orqa yon oynalariga yopiştirilgan tonirovka muddati 1 hafta oldin tugaganini YPX xodimi töxtatganida bilgan, şundan söng 7,5 mln sömlik jarima miqdori oynani qasddan noqonuniy qoraytirgan fuqarolarga ham, ruxsatnoma muddati ötgan fuqarolarga ham birdek baravar ekanidan norozi ekanini aytgandi