Zakovat intellektual öyini boşlovçisi Abdurasul Abdullayev tomonidan tayyorlangan savollar qatnaşçilarning bilimlarini yana bir bor sinovdan ötkazdi. Musobaqa qiziqarli va kötarinki ruhda ötdi.

Sönggi natijalarga köra boş ofis xodimlar jamoasi 1-örinni, Yaypan filiali jamoasi 2-örinni va Norin filiali jamoasi 3-örinni egallaşdi. Ğolib jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Bellaşuvdan söng bayram tadbirini rasman oçib beriş uçun söz «IMKON» savdo markazi boşqaruv raisi Bekzodjon Ğulomoviç Rahmataliyevga berildi. Boşqaruv raisi yiğilganlarni bayram bilan tabriklab, barça xodimlarga öz minnatdorçiligini izhor etdi.

Savdo markazining rivojiga öz mehnati bilan samarali hissa qöşib kelayotgan bir guruh xodimlar esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

Söng, «IMKON» savdo markazi boşqaruv raisi örinbosari Davronbek Ravşanboyeviç Murodov söz olib, xodimlarning mehnatini şaraflaş va rağbatlantiriş maqsadida, har bir filialdan yil davomida eng yaxşi natija körsatgan bir neçta xodimlar uçun kuz mavsumiga “Özbekiston böylab sayohat” yöllanmalari taşkil qilinganligini e’lon qildi.

Tadbir davomida taniqli va afsonaviy san’atkorlar ijrosidagi kuy-qöşiqlar va köngiloçar dasturlar bayram dasturxoni atrofida yiğilgan barça xodimlar va mehmonlarning könglini şod etdi.

Ma’lumot uçun: «IMKON» savdo markazi 10 yildan buyon Respublika böylab 1000 dan ortiq xodimlarni iş bilan ta’minlab hamda 5000 xildan ortiq maişiy texnikalar, mebellar, sport anjomlari, avto ehtiyot qismlari va elektronika buyumlarini muddatli tölovga sotiş orqali yurtimiz taraqqiyotiga öz hissasini qöşib kelmoqda.