Aka-uka Asqar va Anvar Xidirovlar 10 yildan beri interer dizayn sohasida. Ular Insydrium (Inside the room – “xonaning içida”) nomli öz dizaynerlik studiyalariga asos solgan.

“Ukam bilan yoşimiz deyarli teng, bolalikdan yoziş-çizişga juda qiziqardik. 5-6-sinfda ilk marta kompyuterdan foydalangan bölsak, keyinçalik turli öyinlar yaratib kördik, unga ataylab virus tuşirib qöygan vaqtlarimiz ham bölgan. Mana şunday öyinlar qanday, kim tomonidan çiziladi, degan savollar ong ostimizga jo bölgandi.

Bolalik yillari ötgaç, kasb tanlaş masalasi köndalang turardi. Akam ijtimoiy fanlar sohasida öqirdi. Ammo menga tarixiyam, huquqiyam yoqmasdi. Kasb tanlaşimga arxitektor qöşnimiz sabab bölgan desam ham böladi. Negaki, ularning hayot tarzida özimni körgandek bölardim. Şunday qilib, 2011 yilda arxitektura yönalişiga birinçi yili öqişga kirib ketdim.

1-kursligimizda sohamizga doir juda kam ta’lim berişgani könglimni xira qilgan. Şunda 2-kursdan boşlab döstlarim bilan 3D Max, AutoCAD dasturlarini mustaqil örgana boşlaşga qaror qildik. Öqişni bitirgaç, töplagan tajribam sabab Murad Buildings kompaniyasiga işga joylaşdim.

3 yil vaqt ötgaç, özimda ham biznes boşlaş xohişi paydo böldi. Ma’lum bir korxonada xodim bölib işlaş va mustaqil biznes boşlaş örtasida katta farq borligini öşanda anglab yetdim. Ukam bilan şok holatiga tuşib qolgandik. Köplab xatolardan keyin rasman 2019 yilda öz biznesimiz – Insydrium'ga asos soldik”, deydi Asqar Xidirov.

Jizzaxda bino qulab tuşdi…

2021 yil 10 yanvar kuni Jizzax şahridagi hali qurilişi tugamagan 6 qavatli bino qulab tuşgan edi. E’tiborlisi, qahramonlarimiz şu kuni ertalab aynan öşa binoda bölişgan.

“Jizzaxga ota-onamizni körişga borgandik. Öşanda bir bino egasi ikkita xona borligi, uning birinçisini dizayn qilib berişimizni söradi, ikkinçisini esa agar zarurat bölsa qöşib yuborişni aytgan. Xona dizaynini tugatdik. U kişi ikkinçi xonani qiliş şart emasligini aytdi, biz ham heç qanday gap-sözlarsiz köndik.