Korxona axborotiga köra, şu kunlarda respublikaning barça hududlarida havo haroratining anomal isib ketişi natijasida ayrim joylardagi transformator punktlarida iste’mol yuklamasi ortişi kuzatilib nosozliklar kelib çiqmoqda.
Qayd etilişiça, Toşkentda elektr ta’minoti xodimlaridan iborat avariyaga qarşi brigadalar taşkil etilgan, nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etiş işlari keça-yu kunduz olib borilmoqda.
“Şu bilan birga, hozirgi kunda 2022-2023 yillar kuz-qiş mavsumiga puxta tayyorgarlik köriş maqsadida, elektr uzatiş tarmoqlari tizimidagi modernizatsiya va rekonstruksiya işlari olib borilmoqda.
Uşbu işlarni xavfsiz bajariş maqsadida, reja-grafik asosida elektr energiyasi ta’minotini tarmoqdan ajratilgan holda ta’mirlaş işlari bajarilmoqda”, – deyiladi “Toşkent şahar elektr tarmoqlari” AJ rasmiy axborotida.
Mas’ullar aholini elektr energiyasini isrof qilmaslikka çaqirmoqda:
“Hurmatli iste’molçilar, uşbu murakkab vaziyatni inobatga olib, barça elektr energiyasi iste’molçilaridan elektr energiyasini tejaş böyiça oddiy qoidalarga amal qilişlari va elektr energiyasidan oqilona foydalanişlarini sörab qolamiz.
Eslatib ötamiz, yuqori havo haroratida ortiqça yuklama bilan işlovçi elektr tarmoqlarida qisqa tutaşuv yuzaga kelişi ehtimoli ortadi. Şu bois, mutaxassislarni jalb qilgan holda xonadoningizda tortilgan elektr simlari yaroqliligini, elektr energiyasining ulaniş nuqtalari töğri izolyatsiya qilinganligini tekşirib köring”.











