Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:57 / 01.07.2022
31429
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
O‘zbekiston dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.
Foto: Davlat statistika qo‘mitasi
Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan.
2022 yil 29 iyun holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 45 000 – 76 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 88000 so‘m;
- kartoshka (1 kg) ➖ 2000 – 7000 so‘m;
- piyoz (1 kg) ➖ 2000 – 5500 so‘m;
- sabzi (1 kg) ➖ 1000 – 6000 so‘m;
- tuxum (10 dona) ➖ 7000 – 15 000 so‘m;
- guruch (1 kg) ➖ 5000 – 22 000 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 15 500 – 30 000 so‘m;
- shakar (1 kg) ➖ 10 000 – 18 000 so‘m.
Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar 2 oyda tibbiy xizmatlarga 3,5 trln so‘m sarfladi
09:01 / 09.04.2026
Poytaxtdagi uch bozorning ayrim bloklari vaqtincha yopildi
21:34 / 06.04.2026