Prezident “Yangi Özbekiston köçasi yöl böyi infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Quyidagilar:
- Toşkent şahar hokimligi, Toşkent viloyati hokimligi, Quriliş vazirligi va Transport vazirligining Yangi Özbekiston köçasi böylab infratuzilmani rivojlantiriş böyiça işlab çiqilgan boş rejaga muvofiq "Yangi O'zbekiston ko'chasi" işbilarmonlik markazini taşkil etiş hamda uning hududida xizmat körsatiş va servis obektlari, savdo va köngiloçar majmualar, sayilgohlar hamda köp qavatli turar joylarni barpo etiş;
- Vazirlar Mahkamasi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligining “Yangi O'zbekiston ko'chasi" işbilarmonlik markazini taşkil etiş uçun Toşkent şahri Mirzo Uluğbek va Yaşnobod tumanlari hamda Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumani hududidan ilovaga muvofiq, tanlangan jami 241,93 gektar, şundan 198,12 gektar suğoriladigan yer maydoni yer fondi toifasi qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar toifasidan aholi punktlari şahar va posyolkalar qurilişi yerlari toifasiga ötkaziş töğrisidagi takliflari ma’qullandi.
Toşkent şahar hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi şaklida taşkil etilgan Avtomobil yöli böyi infratuzilmasini rivojlantiriş direksiyasi" "Yangi O'zbekiston ko'chasi" işbilarmonlik markazini quriş va ekspluatatsiya qiliş direksiyasi" deb qayta nomlanadi.
Toşkent şahar hokimligi Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda "Yangi O'zbekiston ko'chasi" işbilarmonlik markazi hududida barpo etiladigan loyiha obektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaş maqsadida yangi podstansiya quriş uçun “Toşkent şahar elektr tarmoqlari" AJga (köpaytiruvçi koeffitsiyentlarni qöllamagan holda ijara tölovi eng kam stavkasida) ijaraga beriş şarti bilan Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga doimiy foydalaniş huquqi asosida zarur yer uçastkasini ajratiş masalasini Qişloq xöjaligiga möljallangan va örmon fondi yerlari yer fondi toifalarini özgartiriş masalalarini körib çiqiş böyiça hukumat komissiyasi muhokamasiga kiritadi.
Toşkent şahar hokimligi Ekologiya qömitasi va Örmon xöjaligi davlat qömitasi bilan birgalikda loyiha obektlari qurilişi möljallangan hududdagi mavjud köp yillik daraxtlarga şikast yetkazmasdan boşqa joyga köçirib ötkazadi hamda ularni kelgusida saqlab qoliş uçun zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oşiradi va parvarişlaş çoralarini köradi.








