Prezident administratsiyasi xodimi Davron Sultonovga soğliqni saqlaş vaziri birinçi örinbosari vazifasini vaqtinça bajariş yuklatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Prezidentimizning tegişli qaroriga asosan Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari Alişer Qayumoviç Şodmonov uzoq muddatli davolaniş uçun mehnat ta’tiliga çiqişi munosabati bilan uning vazifasini vaqtinçalik bajariş Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlaniş departamenti soğliqni saqlaşni rivojlantiriş şu’basi mudiri Davron Tohiroviç Sultonov zimmasiga yuklatildi», deyiladi xabarda.
Alişer Şodmonov 2017–2020 yillarda soğliqni saqlaş vaziri lavozimida işlagan.

U keyinroq Toşkent tibbiyot akademiyasi rektori lavozimiga ötkazilgan, 2023 yil avgustida vazirlikka qaytib, vazirning birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
- Bundan oldinroq soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov işdan ketgani xabar qilingandi. U Salomatlik va strategik rivojlaniş instituti direktori lavozimiga tayinlangan.
- Uning örniga Prezident administratsiyasi xodimi Asilbek Xudayarovga soğliqni saqlaş vaziri vazifasini bajarib turiş vazifasi yuklatilgan.








