«Kasallik dastlab aniqlangan paytlarda nafaqat bizda, balki JSSTda ham aniq isbotlangan usul bölmagan. Kasallikka qarşi qanday dori vositasini qöllaş ma'lum emasdi. Dunyoda samara beradigan dori haqida ilmiy asos yöq edi.

Dastlab AQŞ prezidenti Tramp gidroksixloroxinni maqtab çiqdi va şu zahoti bu dori vositasini sotib oliş masalasi körila boşlandi. Orqasidan favipiravir örganildi, nafaqat sotib olib, zaxira yaratildi, balki Özbekistonda işlab çiqariş boşlandi.

Keyin bu yönalişdagi eng qimmatbaho dori remdisivir xarid qildik. Reanimatsiyalarda oğir holatda bölgan bemorlarni şu vositalar orqali saqlab qoldik», dedi  Şodmonov «COVID-19: Koronavirusga qarşi kuraşda milliy tajriba» mavzusidagi sessiyada.

  • Eslatib ötamiz, Respublika maxsus komissiyasining boş vazir Abdulla Aripov tomonidan imzolangan 46-sonli yiğiliş bayoniga köra, «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasi 1 mln dona gidroksixloroxin preparatini (bu örinda «Oksivin», işlab çiqaruvçi Hindiston kompaniyasi) Özbekistonga olib kirayotgani ma'lum qilingan. Soğliqni saqlaş vazirligiga «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasiga Tez tibbiy yordamni rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan oldindan pul ötkaziş yöli bilan töğridan töğri şartnoma tuziş orqali şu va boşqa dori vositalarini xarid qiliş vazifasi topşirilgan. Mazkur qarorni qabul qilişda soğliqni saqlaş tizimining yetakçi mutasaddilari - E.Bositxanova, N.Parpiyev, I.Liverko, L.Töyçiyev va H.Oqilov kabilarning fikrlari inobatga olingan.