«Jalb etilgan budjet mablağlari, kredit mablağlari, homiylik yordamlari evaziga kovid-poliklinikalari, taqsimlaş markazlari, mobil brigadalar taşkil etilib, 73ta raqamli rentgen apparati, oğir ahvoldagi bemorlar uçun 3000ta funksional krovat, 2200ta sun'iy nafas oldiriş apparati, 150ta PZR apparati va boşqa jihozlar olindi.
Mahalliy işlab çiqariş keng yölga qöyilib, PZR testlari Özbekistonda işlab çiqarilib, öz ehtiyojimiz töliq ta'minlanmoqda. Himoyalaniş vositalaridan faqat niqob va qölqop bilan ta'minlanişning özi 10 foizni taşkil qilgan bölsa, hozirda individual himoyalaniş vositalari işlab çiqariş va yetkazib beriş 100 foiz yölga qöyilib, bu mahsulotlar eksport ham qilinmoqda», dedi Alişer Şodmonov XPK sessiyasida.
Sobiq vazir bundan keyin bu kasallik yana avj oladigan bölsa qanday yöl tutilişi haqida ham gapirib ötdi.
«Agarda kasallar soni köpayib, koronavirusga qarşi olib borilayotgan kuraşda qiyinçiliklar yuzaga kelsa, Vazirlar Mahkamasidagi maxsus komissiya buni körib çiqadi.
Hozirda mamlakatimizdagi bor ehtiyot çoralari, himoya çoralarini uşlaydigan bölsak, biz koronavirusning neça xil ştammi bölişidan qat'i nazar, bu kasallik köpayişiga yöl qöymasligimiz mumkin. Bu bizning özimizga boğliq», dedi u.
Alişer Şodmonov butun dunyoda jihozlar yetişmovçiligi kuzatilgani, şifokor bemorni tanlaşga majbur bölgani haqida ham aytib ötgan.
Uning sözlariga köra, öşa paytda Özbekistonda bu kasallikni qanday davolaş mumkinligi, qöllanadigan dori preparatlari, davolovçi apparatlar haqida biror ma'lumot bölmagan.
«Ilk bemor aniqlanişidan 1,5 oy oldin davlat rahbari tomonidan farmoyiş imzolangan va şunga asosan respublika maxsus komissiyasi taşkil etilgandi. Yurtimizda barqaror vaziyatni saqlab qolişga erişiş uçun öz vaqtida çeklovlar örnatildi va moddiy-texnik baza yaxşi şakllantirildi. 30 ming örinli karantin zonalari, şifoxonalar va kislorod stansiyalari qurildi. Hozirda yana 100ta kislorod stansiyasi keltirilyapti. 25 ming örin şay qilinib, yana 25 mingta örin zaxira qilinib şuning 10 foizi reanimatsiyaga ajratildi va har biri kislorod nuqtalari bilan ta'minlandi.
Bu şaroitda jihoz kerak edi. Butun dunyoda jihozlar yetişmovçiligi kuzatildi. Juda köp mamlakatlarda bemorlar qator turibdi, şifokor qaysi biriga berişda tanlaşga majbur bölyapti: qaysi birini saqlab qolsa böladi yoki kimga yordam bera olmaydi», deya ta'kidladi rektor.








