Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasi bo‘yicha hujjatlar loyihalarini ishlab chiqdi
Qirg‘iziston hukumati Andijonda bo‘lib o‘tgan to‘rt kunlik muhokamalar davomida O‘zbekiston bilan davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha tegishli hujjatlar loyihalari ishlab chiqilganini ma’lum qildi.
4-8 iyul kunlari Andijon shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston rasmiylarining ikki mamlakat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalari bo‘yicha navbatdagi maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar davlat chegaralari demarkatsiyasi jarayonini tartibga soluvchi normativ-huquqiy va texnik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumatining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
“Uchrashuv do‘stlik va o‘zaro tushunish ruhida o‘tdi”, deyiladi xabarda.

Muhokamalar yakunida protokol imzolangan. Kelgusi uchrashuv Qirg‘iziston hududida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:14
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
11:30 / 11.06.2026