Oxirgi bir neça yillar davomida özbekistonliklar tomonidan qiziqiş katta bölgan Antaliya şahri bilan bir qatorda, Turkiyaning Egey qirğoqlari mavjud, bu joylar hayratlanarli manzaralar, qulay mehmonxonalar tanlovi, hamyonbop narxlar, mevalarning möl-kölligi, plyajda va faol dam oliş imkoniyatlari bilan öziga jalb qiladi.
Bu yerda Turkiyaning Marmaris va Fetxiye kabi taniqli kurortlari joylaşgan. Bu yil aynan uşbu kurortlarda özbekistonliklar ham dam olişi mumkin – Asialuxe Travel kompaniyasi 2 avgustdan Toşkentdan Dalamanga töğridan töğri reyslarni yölga qöyadi.

Asialuxe Travel nega Marmaris/Fetxiye – 2022 yil turistik mavsumi uçun ideal tanlov ekanligi haqida aytib beradi.
Marmaris
Marmaris kurorti — bu köplab tungi klublar, plyajlar va diqqatga sazovor joylarga ega öziga xos «turkça Nitssa».

Kurort Egey dengizi sohilidagi ulkan gözal körfazda joylaşgan. Körfazga kirişda kurortni kuçli tölqinlardan himoya qiladigan orol bor, şu sababli bu yerda dengiz deyarli har doim sokin böladi. Marmarisdagi plyajlar qum va toşlar bilan qoplangan, köpçiligi suv va qirğoq tozaligi uçun beriladigan «Moviy bayroq» mukofotiga ega.
Mahalliy manzaralar moviy qirğoqdan qolişmaydi. Şaffof suv, ignabargli daraxtlar örmonlari va köplab yorqin jonli gullar doimiy dam oliş va bayram muhitini yaratadi.

Marmaris — bu faqatgina Egey dengizida yodda qoladigan dam oliş va klublardagi öyin-kulgi emas, balki sayr uçun mos joylar va qiziqarli maskanlarga ekskursiyalardir ham. Bu yerdan Pamukkale, Kappadokiya va Fetxiye kabi taniqli joylarga oson yetib oliş mumkin. Şaharning boş diqqatga sazovor joyi – bu bir neça yuz yillar oldin qurilgan va qal’a sifatida xizmat qilgan Marmaris qasridir, hozirda qasr içida arxeologik muzey faoliyat yuritmoqda, bu yerdan dengiz va şaharga çiroyli manzara oçiladi. 4 km masofali Marmaris qirğoği hamda dengizda sayr qilişni buyurtma qiliş va yelkan kemani boşqarişni örganiş mumkin bölgan yaxtalar turadigan «Netsel Marina» joyi alohida e’tiborga loyiq. Keçasi esa Marmaris markazida favvoralar şousi bölib ötadi.
Şoping haqida gapiradigan bölsak, ajoyib xaridlarni Grand Bazzar Carsi, Blue Port savdo markazi yoki «Netsel Marina» atrofidagi savdo majmuasida amalga oşiriş mumkin.















