PDP Academy 5 yildan beri Özbekistonda malakali ayti mutaxassislarni tayyorlab, işga joylaşişlariga yordam berib keladi. Akademiya bitiruvçilari EPAM, Exadel, Apelsin, Payme kabi nufuzli kompaniyalarda faoliyat yuritadi.
PDP'ni hozirgaça 2 mingga yaqin talaba bitirgan va har 10 bitiruvçidan 9 nafari iş bilan ta’minlangan.

Körsatuv davomida brend asosçisi Odilbek Mirzayev PDP akademiyasining afzalliklari, talablar, kelajakdagi rejalar va bu loyiha Özbekistonda ayti sohasida mutaxassislarni şakllantirişning yangi bosqiçi bölişi haqida sözlab berdi.
Uning aytişiça, PDP Academy ayti mutaxassislari uçun faqatgina kerakli fanlarni öz içiga olgan xalqaro dastur böyiça yetuk mutaxassislar tayyorlaşni öz oldiga maqsad qilib qöygan.

PDP uçun ayti yönalişi faqat boşlanğiç bilimni beruvçi joy emas, tölaqonli ayti universitet hisoblanadi: u oliygoh maqomini tasdiqlovçi tegişli litsenziyaga ega.
Oliygohda darslarni katta tajribaga ega mahalliy va xalqaro ustozlar olib boradi. Ustozlar nafaqat ilmli nazariyotçi, balki özlari ayti kompaniyalarda faoliyat yurituvçi amaliyotçi mutaxassislar hamdir.

PDP Academy'da xalqaro ta’lim texnologiyasi va qöllanmalari orqali bilim oliş mumkin. AQŞ va Buyuk Britaniya kabi 50dan ortiq davlat va 100ta universitetda tan olingan Pearson BTEC öquv dasturi talabalarga yuqori sifatli akademik ta’lim bilan bir qatorda, amaliy könikmalar berişga möljallangan.
Talabalar mahalliy va xorijiy hamkor kompaniyalarda hamda xususiy startap loyihalarda amaliyot ötaş hamda kurs yakunida kamida 500 dollarlik maoş bilan işlaş imkoniyatini qölga kiritadilar. Saralangan talabalarga esa AQŞ, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va boşqa rivojlangan mamlakatlarning 200dan ortiq universitetlari bilan almaşinuv dasturi böyiça öqiş imkoniyati beriladi.







