Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasi tegişli qarori asosida Maktabgaça ta’lim vazirligi tomonidan bolalarni maktabgaça ta’lim taşkilotlariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatilmoqda.
Bugungi kunda Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida internetga ulanişda kuzatilayotgan ayrim nosozliklar va uzilişlar tufayli maktabgaça ta’lim taşkilotlariga joylaştiriş uçun şakllangan yöllanmalarni elektron tizim orqali rasmiylaştirişda muammolar kuzatilmoqda.
Şularni inobatga olgan holda, joriy yil 13 iyunidan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasidagi maktabgaça ta’lim taşkilotlariga şakllangan yöllanmalarning amal qiliş muddatlari hisobi internetga ulanişda muammolar bartaraf etilgunga qadar töxtatib turiladi.
Bildirilişiça, internet tarmoğining barqaror işlaşi ta’minlangan kundan boşlab, amaldagi tartibga muvofiq, yöllanmalar amal qiliş muddati hisoblanadi.









