Yevropadagi rekord darajadagi issiq Dunay daryosida suv sathi sönggi 30 yil içidagi eng past darajaga tuşişiga olib keldi. Daryo sayozlaşişi nafaqat kemaçilikka tösqinlik qilmoqda, balki Vengriya va Ruminiyadagi atom elektr stansiyalari işlaşiga ham ta’sir qilmoqda. Bu vaqtda Bolgariyada olimlar suv sathi pasayişi tufayli mamontlar suyaklarini topib olgan. Serbiyada esa nemislarning Ikkinçi jahon uruşi davrida, 1944-yilda çökib ketgan harbiy kemalari qoldiqlari suv yuzasiga çiqib qolgan. Ekspertlar baholaşiça, Dunay tubida jami 200 ga yaqin turliça kemalar, jumladan, buksirçi kemalar va barjalar yotibdi. Ular daryoning bir qança uçastkalarida kemalar suzişini qiyinlaştiradi, bu esa yuk taşiş keçikişiga va Serbiya uçun yillik moliyaviy yöqotişlarga olib keladi. 2024-yilda Yevroittifoq Dunayni qoldiqlardan tozalaş böyiça loyihani yölga qöygandi. Bu vazifa 2028-yilgaça bajarilişi közda tutilgan. Quyida sayozlaşib qolgan Dunay qanday körinişda ekani aks etgan fotosuratlar.

Ovidiu Micsik / Inquam Photos / Reuters / Scanpix / LETA

Daniel Mihailescu / AFP / Scanpix / LETA

Christian Bruna / Getty Images




























