Özbekistonda iyul oyidan elektr energiyasi hamda tabiiy va suyultirilgan gaz narxlari oşirilişi kutilgan edi, biroq hukumat bu boradagi rejalarni noma’lum muddatga keçiktirdi.

Kun.uz muxbiri 21 iyuldagi matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovdan energetika tariflari özgarmay qolişini qanday baholaşi va tariflarning inflyatsion kutilmalarga ta’siri haqida söradi.

Ma’lum bölişiça, Markaziy bank yil oxirigaça inflatsiya darajasi 12-14 foizlik koridorning quyi çegarasi atrofida şakllanişi böyiça prognozida energiya narxlari oşişini hisobga olmagan.

“Yil oxirigaça inflatsiya 12 foiz doirasida şakllanadi deganda tariflar yilning ikkinçi yarmida özgarişini hisobga olmadik. Ya’ni biz özimizning hisob-kitoblarimizda tariflar bugungi kun darajasida ma’lum bir korrektirovka bölişi mumkin,(hokimiyatlar va boşqalar beradigan içki lokal tariflar bor), biroq hukumat darajasida biz tariflar yil oxirigaça özgarmasa kerak, degan mulohazadan kelib çiqib, 12 foizlik prognozni belgiladik”, – deydi Nurmurodov.

Unga köra, Markaziy bank may oyidagi hisob-kitoblarida tariflar özgarişi inflatsiyaga 2 – 2,4 foiz ta’sir qilişini kutgan.

“Hozir bu ta’sir öz-özidan minimallaşib, bizga 12 foizlik inflatsiyani xulosa qilişga imkon berdi”, – deydi MB raisi.

Eslatib ötamiz, Markaziy bank boşqaruvi 21 iyul kuni yillik asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 15 foiz darajasida belgiladi.

Regulyator YaIM böyiça kutilmalarni ham yaxşiladi – yil yakuni böyiça YaIMning real ösişi 5,0-5,5 foiz atrofida bölişi taxmin qilinmoqda (avvalgi prognoz 3,5–4,5 foiz edi).

Inflatsiya böyiça 2022 yilga 7-8 foizlik, 2023 yilga 5 foizlik targetlar mos ravişda 2023 va 2024 yillarga köçiriladi.