«Al-Qoida» yetakçisi Ayman az-Zavohiriy Kobulda Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) uçuvçisiz qurilmalari hujumi natijasida öldirildi. Bu ma’lumotni 1 avgust, duşanba kuni Oq uyda AQŞ prezidenti Jo Bayden tasdiqladi.

«Endi adolat qaror topdi va bu terrorçilar yetakçisi yöq. biz heç qaçon ortga çekinmaymiz», dedi Bayden.

Uning sözlariga köra, az-Zavohiriyning joyi yil boşida Amerika maxsus xizmatlari tomonidan aniqlangan.

«U özidan Amerika fuqarolari, amerikalik harbiy xizmatçilar, amerikalik diplomatlar va Amerika manfaatlariga qarşi qotillik va zöravonliklar bilan iz qoldirdi», deya qöşimça qilgan Bayden.

Bayden «Al-Qoida» rahbarining yöq qilinişi 2001 yil 11 sentabr teraktlari qurbonlari yaqinlariga tinçlik olib kelişiga umid bildirdi.

Maxsus brifingda Oq uy vakili yakşanba kuni Afğoniston poytaxtida Zavohiriy sönggi vaqtlarda yaşirinib kelgan uyga yuqori aniqlikdagi zarba berilgani haqida aytgan.

«Bir neça oy mobaynida Zavohiriy Kobuldagi aynan şu joyda ekaniga işonçimiz oşib bordi. Köp vaqt mobaynida biz Zavohiriyni uy balkonida payqadik, yakunda unga zarba berildi», degan u.

Uning sözlariga dron orqali ikkita Hellfire raketasi uçirilgan. Zarba oqibatida Zavohiriyning uşbu uydagi yaqinlari ham, atrofdagi tinç aholi vakillari ham jabrlanmagan.

Zavohiriyga qarşi maxsus amaliyot amerikalik harbiylar ötgan yil avgustida Afğonistondan olib çiqilganidan buyon uşbu mamlakatda «Al-Qoida»ga qarşi ötkazilgan ilk amaliyot böldi.

Zavohiriy 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlar taşkilotçilaridan biri sifatida tan olingan va şu vaqtgaça amerikaliklar ta’qibida edi.  Öşanda terrorçilarning tört guruhi törtta yölovçi samolyotini egallab olib, ulardan ikkitasi Nyu-Yorkdagi Manxettenda joylaşgan Jahon savdo markazi minoralariga borib urildi, natijada ikkala osmonöpar bino qulab tuşdi. Uçinçi layner Vaşington yaqinidagi Pentagon binosiga urildi. Törtinçi samolyot ekipaji va yölovçilari terrorçilardan nazoratni öz qöliga olişga harakat qilişgan, samolyot Pensilvaniya ştatining Şanksvill şahri yaqinidagi dalaga qulagan. Hujumlarda 19 nafar xudkuş-terrorçidan taşqari 2977 kişi halok bölgan, yana 24 kişi bedarak yöqolgan.

Zavohiriy 2011 yilda Pokistonda taşkilotning avvalgi rahbari Usoma bin Lodin amerikaliklar maxsus amaliyoti natijasida öldirilganidan keyin «Al-Qoida» boşqaruvini qölga olgan. 2021 yilda u AQŞdagi 11 sentabr teraktlarining 20 yilligiga bağişlab alohida video çiqaradi.