Yerosti suvlari sathi pasayib ketayotgan hududlarda 2022 yil 1 avgustdan boşlab yerosti çuçuk suvlariga quduq burğilaş va suvdan maxsus foydalanişga ruxsatnoma beriş böyiça moratoriy joriy etiladi.

Bunda:

a) suv sathi 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda yerlarni suğoriş va işlab çiqariş maqsadida yerosti suvlariga quduqlarni burğilaş hamda mavjud quduqlardan suv tejovçi texnologiyalarsiz yerlarni suğoriş taqiqlanadi (tasdiqlangan davlat dasturlari doirasidagi burğilaş işlari bundan mustasno);

b) suv sathi 5 metrgaça pasaygan hududlarda yerosti suvlariga quduqlar burğilaş va suvdan maxsus foydalaniş suv tejovçi texnologiyalarni joriy etişni inobatga olgan holda:

yerlarni suğoriş maqsadlari uçun – Suv xöjaligi vazirligining;

işlab çiqariş ehtiyojlari uçun – hududiy rivojlantiriş dasturlari va suvdan oqilona foydalaniş şartlari bilan viloyatlar hokimlari xulosalari asosida amalga oşiriladi;

v) uşbu hududlarda içimlikdan taşqari maqsadlarda suv hisoblaş vositalarisiz yerosti suvlaridan olinganda soliq tölovi belgilangan soliq stavkasi 5 baravari miqdorida undiriladi.

Davlat geologiya qömitasi moratoriy e’lon qilingan hududlar töğrisidagi aniq ma’lumotlarni öz saytida va qonunçilik bilan taqiqlanmagan boşqa oçiq manbalarda keng yoritilişini ta’minlaydi.

Davlat geologiya qömitasi suv sathi pasayib ketayotgan hududlarda yerosti suvlari davlat monitoringini kuçaytiradi hamda natijalariga muvofiq har yili 1 fevralga qadar quyidagilar böyiça asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi:

  • hududlarda belgilangan yuqoridagi çeklov çoralarini davom ettiriş, yumşatiş yoki bekor qiliş;
  • çeklovlar qöllanilgan hududlar maydonini özgartiriş va yangilarini qöşiş;
  • qöşimça çoralarni qöllaş hamda mazkur hududlarda yerosti suvlarini muhofaza qiliş va ulardan oqilona foydalaniş bilan boğliq boşqa masalalar.

Vazirlar Mahkamasiga Davlat geologiya qömitasi tomonidan kiritilgan asoslantirilgan takliflarga muvofiq moratoriy joriy etilgan hududlar va çeklovlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş huquqi beriladi.