Qayd etilişiça, mamlakatda qişloq xöjaligi va sanoatni jadal rivojlantiriş yerosti suvlariga ehtiyoj keskin ortişiga olib kelib, bu suv resurslaridan oqilona foydalaniş tizimini yanada takomillaştirişni taqozo etmoqda. Bugungi kunda ayrim hududlardagi yerosti suvlari  sathi köp yillik örtaça me’yordan 5 metr va undan ortiq pasayib, ular resurslari kamayib ketişi kuzatilmoqda.

Sohaga oid ruxsat beruvçi tartib-tamoyillar keskin soddalaştirilgani va şaffoflaştirilgan bölişiga qaramasdan, yerosti suvlariga quduqlar ruxsatsiz burğilanişi va suvdan nazoratsiz, hisobsiz foydalaniş holatlari davom etmoqda. Davlat geologiya qömitasi hududiy gidrogeologiya stansiyalari tomonidan 1200 dan ortiq yerosti suvlariga ruxsatsiz burğilaş va ulardan foydalaniş holati aniqlangan.

Bildirilişiça, Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi, soha mutaxassislarining yerosti suvlari monitoringi natijalariga asosan sönggi yillarda Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo, Namangan, Farğona va Andijon viloyatlari ayrim hududlarida yerosti suv sathi 5 metrgaça va undan ortiq pasayib ketgan hamda mazkur jarayon davom etyapti.

Holatni nazorat qiliş va tartibga solişda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etiş va jarayonlarni masofadan boşqariş usullarini tatbiq qiliş ortda qolmoqda, bunda jamoatçilik nazoratidan keng foydalaniş mexanizmlari yetarliça yölga qöyilmagan. Sohaga oid xalqaro tajribani örganiş, mutaxassislar malakasini oşiriş va ilğor zamonaviy yeçimlarni joriy qiliş ham alohida örin egallaşi zarur.