8 avgust kuni prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov boşçiligida Toşkentda 101 tup daraxtga şikast yetkazilgan holat yuzasidan selektor yiğilişi ötkazildi.
Kun.uz manbasi xabar berişiça, yiğilişda Çilonzor tumanida daraxtlar noqonuniy nobud qilinişi, aholining keskin noroziligiga sabab bölgani masalasi qattiq tanqid ostiga olindi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga asosan Toşkent şahar Çilonzor tumani hokimi Şavkat Mavlonov va prokurori Izzat Bozorov lavozimidan ozod etildi. Qolaversa, mas’uliyatsizlikka yöl qöygani uçun poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayev va prokurori Uluğbek Qosimovga qattiq hayfsan berildi.
Şavkat Mavlonov 2021 yil iyunidan buyon Çilonzor tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi. U muqaddam Sirdaryo viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimida işlagandi.
Bundan oldinroq poytaxtning Çilonzor tumani Çilonzor köçasi avtomobillar harakati uçun kengaytirilişi asnosida aksariyat emanlardan iborat daraxtlar ildizlarining bir qismi qöporib taşlangani jamoatçilik örtasida norozilik uyğotgan, hodisa joyiga boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev, şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev, Ekologiya qömitasi raisi Narzullo Oblomurodov va Prezident administratsiyasi xodimlari yetib borişgandi.
Daraxtlar qirğinga uçragan joydan reportaj tayyorlagan Kun.uz muxbiri birlamçi taftiş çoğida yöl böyida qad rostlagan daraxtlarning kamida 7 tasi jiddiy zararlangani, 99 ta daraxtda şikastlaniş xavfi borligi aniqlangani haqida xabar bergandi.
Ildizlari kesib taşlangan daraxtlarni közdan keçirgan Toşkent şahar Botanika boği bölim boşliği Atirgul Xolmirzayeva 50 foizdan ortiq ildizlari kesib taşlangan mana bu emanlar bir neça yilda butunlay qurib bitişini ma’lum qilgandi.








