Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov 27 iyul kuni bayonot bilan çiqib, yagona maktab formasini majburiy joriy etiş keçiktirilişini ma’lum qilgan edi. Biroq bu boradagi hukumat qaroriga hozirça özgariş kiritilmadi.

8 avgust kuni ilk marta matbuot anjumanida qatnaşgan vazir Saidov bu haqdagi savolga javoban hukumat qaroriga tegişli özgarişlar albatta kiritilişi, bu faqat vaqt masalasi ekanini aytdi.

“Vazirlar Mahkamasi qarori çiqişining ma’lum protsedurasi bor. Vazir sifatida men ham hukumat a’zosi hisoblanaman. Ham vazir, ham hukumat vakili sifatida keng jamoatçilikning xohişi va vaziyatdan kelib çiqib, 27 iyuldagi bayonotimni qildim.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlab, kiritib, çiqariş uçun ma’lum vaqt kerak böladi. Bayonotda aytilgan gaplar ham boşqa qarorlar loyihasi kiritilganda, albatta, öz aksini topadi. Bu işlar qilingan, yaqin kunlarda bu haqda ham eşitib qolasizlar”, – dedi XTV rahbari.

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov

Eslatib ötamiz, Saidov öz bayonotida yagona dizayndagi maktab formasini tatbiq qiliş 2025 yilga qadar bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişini aytgandi. Bu bosqiçlar hududlar kesimida böladimi yoki sinflar kesimida, hozirça ma’lum emas.

Vazir, şuningdek, qizlarning maktabga milliy römolda kelişi man etilmasligini ta’kidlagan.

Keyinroq XTV matbuot xizmati ayrim maktablarda ma’muriyat ota-onalarni farzandlari uçun tasdiqlangan dizayndagi maktab formalarini sotib olişga undayotganiga munosabat bildirib, maktablar tomonidan yagona forma tarğib qilinişi mumkinligini bildirdi.