Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov umumta’lim maktablari uçun yagona maktab formasini joriy etiş masalasiga doir bayonot bilan çiqdi.

Ta’kidlanişiça, milliy qadriyatlardan kelib çiqib, öquvçi-qizlarning maktabga oçiq rangdagi milliy römolni boşning orqa tomonidan öragan holda kelişi man etilmaydi.

Bildirilişiça, öquvçi-qizlarning liboslari uzunligi borasida ham ayrim tuşunmovçiliklar bölmoqda. 

“Ta’kidlaş joiz, tasdiqlangan ölçamlarda eng minimal uzunlik belgilangan. Ya’ni öquvçi-qizlarning yubka va kofta yenglarining uzunligini uzaytirişga ruxsat beriladi, ammo belgilangan ölçamdan kalta bölişi mumkin emas”, dedi vazir.