Bugun, 16 avgust kuni, Andijon viloyati hokimligi va “Harbor Gate Internationals” MÇJ örtasida investitsion memorandum imzolandi. Uşbu ikki tomonlama kelişuv Andijon viloyatining investitsion jozibadorligini oşirişda muhim hisoblanadi. Memorandumga köra, viloyatning öziga xos jihatlarini çet ellik investorlarga yetkaziş hamda qiziqişni orttiriş maqsad qilingan.
Memorandum özida bir qança asosiy vazifalarni jamlagan. Jumladan, “Harbor Gate Internationals” MÇJ xorijda iş faoliyatini yuritayotgan çet ellik investorlar va özbek tadbirkorlarini viloyatga investitsiya kiritişi böyiça tarğibot işlarini amalga oşiradi. Undan taşqari, xorijdagi vatandoşlarimizni vatanga qaytariş böyiça “Vatandoşlar” dasturi doirasida hamkorlikni rivojlantiradi, Andijon viloyati hududida xorij kompaniyalarining investitsiya loyihalarini amalga oşirişda özaro muzokaralar ötkazişni osonlaştiradi.
“Harbor Gate Internationals” MÇJ viloyat işbilarmonlari tomonidan xorijda investitsiya loyihalarini amalga oşirilişiga kömaklaşiş, ularga huquqiy va taşkiliy masalalarda yordam körsatadi. Şu bilan bir qatorda, uşbu jamiyat özaro şartnoma asosida viloyatdagi yirik kompaniyalarning brendlarini xorijda tarğib qiliş bilan ham şuğullaniş imkoniyatiga ega böladi.
Memorandum viloyatning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş barobarida, mahalliy tadbirkorlarning ham xorij bozoriga kirişida kömaklaşişi bilan ahamiyatlidir.
Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati Ⓣ








