Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil boshidan beri 2,7 mln o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida xorijga chiqib ketdi
7 oyda 2,7 mln o‘zbekistonliklar qarindoshini yo‘qlash maqsadida xorijga chiqqan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 avgust holatiga O‘zbekiston fuqarolarining xorijga safar maqsadlari orasida qarindoshlarni yo‘qlash birinchi o‘rinda turibdi — 2,7 mln kishi.
Bundan tashqari, dam olish maqsadida 435,6 ming kishi, o‘qish maqsadida 112,1 ming kishi chetga chiqib ketgan.
Shuningdek, davolanish uchun 34,9 ming kishi O‘zbekistondan ketgan bo‘lsa, xizmat yuzasidan 9,2 ming kishi chiqib ketgan.
Ma’lumot uchun 6 oyda 1,7 mln kishi xorijliklar qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
Mavzuga oid
10:51 / 09.12.2024
O‘zbekistonga xorijdan talabalarni jalb etish bo‘yicha maxsus platforma yaratiladi
17:13 / 05.12.2024
Xorijdagi mahkumlarni O‘zbekistonga qabul qilish tartibi belgilandi
07:33 / 04.12.2024
Xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
08:13 / 19.11.2024