Muloqotda ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar körib çiqildi, mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almaşildi. Bu haqda Özbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş, xususan, Özbekiston va Rossiyaning hududlari va tadbirkorlari darajasidagi ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.
Rasmiy relizga köra, joriy yilning 7 oyida tovar ayirboşlaş 30 foizga oşgan. Şu yilning kuzida uçinçi Özbekiston-Rossiya hududlar forumini ötkaziş rejalaştirilgan.
Prezidentlar bölajak ikki va köp tomonlama tadbirlar rejasini ham muhokama qildi. Davlat rahbarlari joriy yil sentabr oyida Samarqand şahrida Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitini taşkil etiş va ötkaziş masalalariga alohida töxtaldi.
Özbekiston prezidenti va Rossiya prezidentining telefon orqali muloqoti har doimgidek konstruktiv, oçiq va döstona ruhda ötdi, deyiladi xabarda.












