Bugungi kunda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatdagi 450 000 dan ortiq aholi va ulgurji iste’molçilarga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda. Kundan-kunga aholining turmuş farovonligi yaxşilanib, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş istagida bölgan fuqarolarning soni ortib borayotganligi sohada modernizatsiya va yangilaş işlarini olib borişni taqozo qilmoqda. Şu boisdan, jamiyat hisobidagi 0,4-6/110 kV kuçlanişdagi elektr uzatiş tarmoqlari hamda elektr qurilmalarida bosqiçma-bosqiç yangilaş va mukammal ta’mirlaş işlari olib borilmoqda. 

Foto: Buxoro hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Buxoro hududiy elektr tarmoqlari

Joriy yilning ötgan davri mobaynida 7 ta 35/110 kV podstansiyalardagi yuqori kuçlanişli transformatorlarning quvvati oşirilib, qöşimça kuç transformatorlari örnatildi. Jumladan, “Olotxona” 110/6 kV podstansiyasidagi quvvati 10 000 kVA bölgan T-1 transformatori quvvati 25 000 kVA transformatorga, “Zarafşon” 35/6 kV podstansiyasidagi quvvati 4 000 kVA bölgan T-1 transformatori quvvati 10 000 kVA transformatorga, “Ogahiy” 35/10 kV podstansiyasidagi quvvati 4 000 kVA bölgan T-1 transformatori quvvati 6 300 kVA transformatorga, “Çorbakr” 35/10 kV podstansiyasidagi quvvati 2 500 kVA bölgan T-2 transformatori quvvati 4 000 kVA transformatorga almaştirildi va “Töqimaçi” 35/10 kV podstansiyasida quvvati 4 000 kVA, “T.Sattorov” 35/10 kV podstansiyasida 1 600 kVA, “Zirabod” 35/6 kV podstansiyasida quvvati quvvati 10 000 kVA bölgan qöşimça kuç transformatorlari örnatildi.

Bundan taşqari, 5 dona podstansiyalar mukammal ta’mirlandi. Şuningdek, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş, mavsumni betalafot ötkaziş maqsadida past kuçlanişdagi elektr uzatiş tarmoqlari va transformator punktlarida mukammal ta’mirlaş işlari amalga oşirilmoqda. Tarmoqlar navbatdan taşqari körikdan ötkazilib, simlar qayta tekşiruvdan ötkazildi.

Foto: Buxoro hududiy elektr tarmoqlari
Foto: Buxoro hududiy elektr tarmoqlari

Iste’molçilarga yanada sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib beriş uçun hududlarda amalga oşirilayotgan “Obod mahalla” va “Obod qişloq” dasturlari hamda “Oğir hududlar”da keng kölamli quriliş va montaj işlari olib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar 20 dona yangi transformator punktlari örnatilib, 6000 donaga yaqin mustahkam temir-beton tayançlar örnatildi, 120 km uzunlikdagi 0,4-6/110 kV elektr uzatiş tarmoği tortildi.