Seminarda mamlakatda mahkumlar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, ular huquq va erkinliklarini ta’minlaş borasida olib borilayotgan islohotlar, xalqaro tajriba hamda “Ayrim qonun hujjatlariga mahkumlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Seminarda turli xildagi ruhiy va jismoniy tazyiqlar oldini oliş maqsadida mamlakat tergov hibsxonalaridagi tergovçilar xonalariga 123 dona zamon talablariga javob beradigan ovoz yozişga möljallangan videokuzatuv moslamalari örnatilgani, tergov hibsxonalari va yopiq turdagi koloniyalarda 69 ta advokatlar bilan uçraşuv xonalari qayta jihozlanib, advokatlar uçun videokuzatuv vositalarisiz hamda eşitiş moslamalarisiz alohida xonalar taşkil etilgani e’tirof etildi.
Qonunçilik palatasida takomillaştirilayotgan “Ayrim qonun hujjatlariga mahkumlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasida ham ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslarga jazoni ötaş şaroitlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillaştiriş, mahkumlar tuzaliş yöliga ötganini tasdiqlovçi qat’iy mezonlarni belgilaş orqali ular xulq-atvorini baholaşda korrupsion omillarni bartaraf etiş, mehnatga jalb etilgan mahkumlarga koloniyalardagi iş stajini umumiy mehnat stajiga qöşib hisoblanişini nazarda tutuvçi özgartiş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda.
Seminar yakunida sohadagi işlar samaradorligini oşiriş hamda qonun loyihasini yanada takomillaştirişga oid tegişli taklif va tavsiyalar işlab çiqildi.







