Voqea 2026 yil 26 fevral kuni sodir bölgan: Jahongirov qamoqxona kamerasida kiyimlaridan dor yasab, özini osgani aytilyapti. Marhum 27 fevral kuni dafn etilgan.
Ismoil Jahongirov – Prezident administratsiyasi mulozimi Komil Allamjonovga 2024 yil 26 oktyabr kuni qilingan suiqasdda ayblanib, 2025 yil 12 fevral kuni 23 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
U suiqasddan keyin Şohrux Ahmedov bilan birga internetda videomurojaat e’lon qilib, bu işda ijroçi ekanini tan olgan. Sud hukmi bilan Şohrux Ahmedov ham 23 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Şuningdek, Prezident davlat xavfsizlik xizmati öz xavfsizligi boşqarmasi sobiq boşliği Şuhrat Rasulov suiqasd buyurtmaçisi sifatida 23 yilga, Janubiy Koreyadan uşlab keltirilgan tadbirkor Javlon Yunusov jinoyat buyurtmaçisi va ijroçilari örtasidagi vositaçi sifatida 18 yilga qamalgan.











