Tuman va şahar hokimliklari faoliyatini takomillaştirişga doir prezident farmoni loyihasi işlab çiqildi, deb xabar berdi ÖzA.
Unga köra, tuman va şahar hokimlari örinbosarlarining sonini 4 nafar etib belgilaş taklif qilinmoqda. Bugungi kunda tuman hokimlarining 6 nafar örinbosari bor.
Farmon loyihasiga köra, 2026 yil oxiriga qadar 32 ta tuman va şaharda boşqaruvning yangi tartibi joriy etiladi
Unda 9 ta vazirlik va idoraning hududiy bölinmalari hokimlik tuzilmasiga ötkaziladi. Jumladan:
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
- Qişloq xöjaligi vazirligi;
- Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi;
- Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi;
- Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirligi;
- Madaniyat vazirligi;
- Oila va xotin-qizlar qömitasi;
- Yoşlar işlari agentligi.
Ta’kidlanişiça, hokimlar uşbu tuzilmalarga töliq rahbarlik qilib, ştat birliklarini mustaqil belgilaydi, kadrlarni tayinlaydi va ozod etadi, rağbat yoki intizom çoralarini qöllay oladi.











