— Rasul aka, Özbekiiston boş qonuniga kiritiş taklif etilayotgan snoslar va xususiy mulk daxlsizligiga oid özgartirişlarni bungaça ham yoritgandik. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekanmiz, ayrim yurtdoşlarimiz istehzo bilan yillar davomida işlamay kelayotgan narsa Konstitutsiyaga kiritilsa, birdan işlab ketarmikan deb yozişayotganiga közim tuşdi. Siz bu fikrlarga qöşilasizmi?

— Har kim fikr bildiriş huquqiga ega. Ularda ham qandaydir asos borki, şunga tayanib aytişayotgandir. Bu fikr qançalik töğri yoki notöğri ekanini vaqt körsatadi.

Lekin bir narsani aytiş kerak. Mulk huquqiga oid fundamental qoidalarning aynan Konstitutsiyada mustahkamlab qöyilişi bu – ijobiy holat. Uzoq vaqtdan beri işlamagan Konstitutsiya özgartirişlar kiritilgandan söng işlab ketadimi degan masala örtaga çiqyapti. Heçdan köra keç, degan gap bor. Amaldagi Konstitutsiyaning 53-moddasida mulkdor faqat qonunda belgilangan tartibdagina mulkidan mahrum qilinişi mumkinligi haqidagi qoida belgilangan bölsa-da, lekin Uy-joy kodeksi va boşqa bir qator qonunlar hamda qonunosti hujjatlarida Konstitutsiyaga zid normalar bölgani hisobiga mulk daxlsizligi ta’minlanmay kelayotgandi. Afsuski, bu masalaga uzoq vaqt davomida köz yumib kelindi.

Uşbu muammo fuqarolarning yoki qaysidir bir tomonning xatosi deb hisoblamayman. Bu yerda eng katta xato – qonunlarning bir xilda ijro etilişini nazorat qiluvçi organlar, xususan, Konstitutsiyaviy sudning jur’atsizligi hamda masalaga bir tomonlama yondaşuv bilan boğliq deb hisoblayman.

Quvonarlisi, şu yilning 31 may kuni Konstitutsiyaviy sud öz tarixidagi katta qadamlardan birini taşladi. Qaysidir ma’noda uyğondi va uyğonişi ham aynan mulk daxlsizligi masalasi bilan boğliq böldi. Konstitutsiyaviy sud 31 maydagi qarori bilan Fuqarolik kodeksi, bir qator qonunlardagi normalar mamlakat boş qonunining 53-moddasiga muvofiq emasligini rasman tan oldi va boşqa hujjatlardagi konstitutsiyaga zid qoidalar asosida fuqarolarning uy-joylari “snos” qilinişi, mulkdan mahrum etilişi noqonuniy deb topildi. Bu juda katta iş aslida.

Rasul Kuşerbayev / Foto: Kun.uz

Demak, “snos” masalasini, ya’ni xususiy mulk daxlsizligini mustahkamlaşni Konstitutsiyaga kiritadigan bölsak, u bir kuni baribir haqiqat qaror topişiga asos bölib xizmat qiladi.

— Konstitutsiyaviy sudning qarori fuqarolarning individual murojaatiga asosan çiqarilgan-ku. Uşbu hujjat faqat qaysidir fuqarolarga daxldormi yoki uşbu keysdan barça özbekistonliklar foydalana olişlari mumkinmi?

— Töğri, Konstitutsiyaviy sudning qaroriga fuqaroning individual murojaati turtki bölgan. Lekin murojaatda kötarilgan masalani tahlil qiliş natijasida amaldagi qonunçilik tahlil qilib çiqilgan va barça uçun majburiy bölgan qaror qabul qilingan. Ya’ni kodekslarimiz, qonunlarimiz, qonunosti hujjatlaridagi fuqaro xususiy mulkidan mahrum etilişi mumkin ekanini közda tutuvçi tartib-taomillar Konstitutsiyaga zid ekani qayd etildi.

Endi nima böladi, degan savol tuğiladi. Fuqarolar mol-mulkidan faqat qonunda belgilangan tartibda mahrum qilinadi degan fundamental huquqning bir vaqtlar Konstitutsiyada belgilab qöyilgani tufayli, amalda u uzoq vaqt davomida işlamay kelayotgan bölsa ham bugunga kelib tan olinayotgani mana şu davrgaça Konstitutsiyaga zid qonunlarni qöllab, fuqarolarning mulkidan mahrum qilib, joyini “snos” qilib kelgan nimaiki harakat bölsa, ularning bekor bölişiga olib keladi.

Fuqarolarda endi huquq paydo böladiki, ular mening mulk huquqimdan Konstitutsiyaga xilof tarzda mahrum qilgan ekansizlar, mulkimni qaytarib beringlar, deb aytişlari mumkin.

— Oradan bir neça yil ötgan bölsa ham mana şu hujjatga asoslanib, ular sudga da’vo arizasi kiritişlari mumkinmi?

— Albatta, çunki Konstitutsiyaviy sud tan olyapti buni. Şu paytgaça agar mahalliy hokimliklar, hukumat yoki boşqa idoralarning davlat manfaatlarini közlab fuqarolarni xususiy mulkidan mahrum etişga oid, ya’ni “snos”ga doir qarorlari bularning hammasini zudlik bilan bekor qiliş talab etilişiga olib keladi.

Afsuski, bizda asosiy muammo Konstitutsiyaga munosabat, mamlakat boş qonunida belgilangan qoidalarning ijro etilmayotgani bilan boğliq. Konstitutsiyaviy sudning qanday organligi, uning qarorlari hamma uçun majburiyligi Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qöyilgan bölsa-da, mahalliy hokimliklar haligaça “snos”larga oid qarorlarini körib çiqib, bekor qilişayotgani yöq. Xalq deputatlari şahar, tuman kengaşlari ham bunday qarorlarini bekor qilişmayapti.

Rasul Kuşerbeva / Foto: Kun.uz

Haliyam joylarda eski qarorlar asosida qabul qilingan qonunosti hujjatlari asosida odamlarning uylari buzilyapti, “snos” qilinyapti. Eng qiziği, sudlarimiz şunga oid işlarni körib çiqyapti. Ya’ni eng kuçli yuristlar – qozikalonlarimiz ötirgan sud buning mohiyatini tuşunib yetmasdan fuqarolarni mulk huquqidan mahrum qiliş, yaşab turgan uyidan köçiriş haqida ajrimlar, qarorlar qabul qilişda davom etmoqda. Aslida bizning asosiy fojiamiz – şu.

— Aslida Konstitutsiyaviy sudning qarori barça uçun majburiy va bir xilda ijro etilişi kerak...

— Xuddi şunday va şu bilan birga 31 mayda qabul qilingan hujjat konstitutsiyaviy huquqi buzilgan har bir şaxsga huquqini tiklaş uçun qöşimça asos, ya’ni yangi oçilgan holat bölmoqda. Konstitutsiyaviy sudning şu qaroriga köra, xususiy mulkidan mosuvo bölgan, uy-joyi noqonuniy “snos” qilingan yoki unga yetarli darajada kompensatsiya tölab berilmagan fuqarolarning işlari sudlar tomonidan qayta körib çiqilişi kerak.

Konstitutsiyaviy sud tomonidan bunday qarorning qabul qilingani şaxsan men uçun kutilmagan hol böldi, töğrisi. Keç qolib bölsa ham buning tan olinişi katta voqea, kimlar bu işga hissa qöşgan, bilmadim, şunga qaramay ularning barçasiga minnatdorlik bildiraman.

Konstitutsiyaga kiritilişi taklif etilayotgan yangi normalarning muhimligi ham şunda. Fundamental huquqlarning mamlakat boş qonunida ifodalanişi vaqti kelib fuqarolar foydasiga xizmat qiladi.

Töliq suhbatni yuqoridagi videodan körişingiz mumkin.

Jamşid Niyozov suhbatlaşdi.